» » Fotogalereya: Jizzaxdagi harbiy qismda snayperni qidirib topish va zararsizlantirish bo‘yicha jangovar mashqlar o‘tkazildi

Fotogalereya: Jizzaxdagi harbiy qismda snayperni qidirib topish va zararsizlantirish bo‘yicha jangovar mashqlar o‘tkazildi


Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax garnizonidagi harbiy qismda jangovar tayyorgarlikning yangicha usullari qo‘llanildi. Bu haqda “Daryo”ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qilgan.

Jizzax viloyatida joylashgan harbiy qism bo‘linmasiga yuqori qo‘mondonlikdan ma’lum bir obyektga joylashib olgan shartli dushman kuchlarini o‘rganish va zararsizlantirish vazifasi yuklandi.

Dastlab mashg‘ulot rahbari harbiy xizmatchilarga shartli dushmanga sezdirmasdan binoni kuzatish uchun qulay bo‘lgan pozitsiyalarga yetib borish taktikasi haqida saboq berdi. Shundan so‘ng maxsus kuzatuv moslamasi yordamida raqib tomondagi merganni qidirib topish va uni yo‘q qilish mashqlari o‘rganildi.

Bu orada bo‘linma o‘ziga biriktirilgan qurol va epikirovkalarda to‘liq jangovar shay holatga keltirilgan edi. Harbiy xizmatchilar jinoyatchilar o‘rnashgan obyektga uch tomonlama hujumga o‘tgan.

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti davomida harbiy xizmatchilar yaqin masofada shartli dushman bilan yuzma-yuz kelganda qo‘llanadigan taktik harakatlarni o‘rganish va mustahkamlash, shuningdek, jangovar tayyorgarlikning bir nechta yangi usullarini o‘rgangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют