» » Facebook va Instagram’da onlayn do‘konlar ochish imkoni paydo bo‘ladi

Facebook va Instagram’da onlayn do‘konlar ochish imkoni paydo bo‘ladi


Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarda bepul do‘konlar ochish imkonini beruvchi Shops servisini ishga tushiradi. Bu haqda Facebook asoschisi Mark Sukerberg ma’lum qildi.

Do‘kon egalari tovarlar vitrinasini yaratishi va ularni qanday joylashtirishni tanlashi mumkin. Bundan tashqari, tez orada sotuvchilarda jonli efirda reklama qilishni istagan tovarni alohida belgilab ko‘rsatish imkoni ham paydo bo‘ladi.

Tovarlar jonli efir paytida ekranning pastki qismida ko‘rinib turadi. Xaridorlarga ham o‘zlarini qiziqtirgan tovarni topish oson bo‘ladi.

“Biz kichik biznesga pandemiya sharoitiga moslashishga yordam beramiz. Odamlarga ham o‘zi izlagan narsani tez topib, sotib olish imkonini yaratamiz. Ayni paytda kichik korxonalar qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Do‘konlari yopilganidan so‘ng tobora ko‘proq odamlar biznesini internetda rivojlantirish niyatida”, — deydi Sukerberg.

Sotuvchi xaridor bilan WhatsApp, Messenger yoki Instagram Direct’da gaplashishi mumkin. Kelgusida kompaniya ushbu messenjerlarga vitrinani ko‘zdan kechirish va savdo qilish funksiyasini qo‘shish niyatida.

Bundan tashqari, sotuvchi va xaridor uchun yana bir nechta qulayliklar yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют