» » Huawei kompaniyasi HAS 2020 Global tahlil sammitida o‘z rejalarini ma’lum qildi

Huawei kompaniyasi HAS 2020 Global tahlil sammitida o‘z rejalarini ma’lum qildi


Kompaniyaning amaldagi raisi nutqidan: Bir yil va undan keyin

Huawei kompaniyasi o‘zining har yili o‘tkaziladigan navbatdagi 17-Global tahlil sammitini o‘tkazdi; u Shenchjenda bo‘lib o‘tdi va tarmoq orqali efirga uzatildi. Huawei tadbirida 2000 dan ortiq tahlilchilar, jamoatchilik fikrining yirik vakillari va turli sohalar, shu jumladan telekommunikatsiya, Internet va moliya sohalarining OAV vakillari ishtirok etishdi. Birgalikda ular sanoat korxonalarining hamkorlikdagi ishlariga yondashuvlarni muhokama qilishdi va qanday qilib qiyin paytlarda omon qolish, o‘zaro foydali natijalarga erishish va aqlli dunyoni yaratishni tezlashtirish haqida o‘ylashdi.

Sammitning ochilishida Huawei kompaniyasining amaldagi direktori Guo Ping “Huawei: bir yil va undan keyin” mavzusidagi nutqi bilan chiqish qildi. Dastlab u Huawei kompaniyasining hamkorlikdagi ishlar bo‘yicha tajribasi va o‘tgan yilgi faoliyati natijalari haqida gapirdi. Guo Ping shunday dedi: “O‘tgan yili biz ko‘plab texnologiyalarga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldik. Shunga qaramay, Huawei yashab qolish uchun kurashda g‘alaba qozondi va oldinga siljishga muvaffaq bo‘ldi.

Uzoq yillardan buyon Huawei AKT sanoatining faol ishtirokchisi bo‘lib kelmoqda va uning rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Tashkil etilganidan beri Huawei har doim o‘z maqsadiga sodiq bo‘lib kelmoqda: har bir kishiga raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini tadim etish, dunyo oldinga siljishi uchun ushbu texnologiyalarni har bir uyda va har bir tashkilotda joriy etish. So‘nggi 30-yildan ortiq davr davomida Huawei 170 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda 1500 ga yaqin tarmoqlarni o‘rnatdi va shu bilan sayyoradagi uch milliarddan ortiq odamlarni tarmoqqa ulanishini ta’minladi. Bundan tashqari, biz 600 million iste’molchini aqlli qurilmalar bilan ta’minladik. AQShning Huawei kompaniyasiga qarshi harakatlari nafaqat kompaniyaga, balki Huawei mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanuvchilarga ham zarar yetkazadi.

AKT infratuzilmasi intellektual dunyoning asosidir. 2025-yilga kelib raqamli iqtisodiyot 23 trln AQSh dollari qiymatiga ega sohaga aylanadi. AKT sohasi hanuzgacha ulkan salohiyatga ega. Intellektual olam ostonasida turib, biz AKT sohasida qiyinchiliklardan ko‘ra ko‘proq imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz.

Agar kelajakka nazar tashlaydigan bo‘lsak, Huawei kompaniyasi uchta yo‘nalishda: aloqa, hisoblash texnologiyalari va aqlli qurilmalar sohasida investitsiya kiritishni va innovatsiyalarni joriy etishni davom ettiradi. Biz yetkazib berish, standartlarni ishlab chiqish, istiqbolli kadrlar tayyorlash kabi sohalarda mijozlar, hamkorlar, standartlashtirish bo‘yicha tashkilotlar va boshqa barcha sanoat ishtirokchilari bilan hamkorlik qilamiz. Bu ochiq hamkorlikni, sohani har tomonlama rivojlantirishni va kelajakni birgalikda tadqiq qilishni yana-da kengaytirishga imkon beradi.

Go Ping shunday dedi: “Bugungi kunda dunyo hamkorlikda ishlash uchun birlashgan yaxlit tizimga aylangan. Iqtisodiyotning globallashish tendensiyasini orqaga qaytarib bo‘lmaydi, buni qilishning keragi ham yo‘q. Turli xil standartlar va alohida ta’minot zanjirlaridan foydalanish hech kimga foyda keltirmaydi va allohida ajralib chiqish keyinchalik butun sohaga jiddiy zarar yetkazadi. Umuman olganda, soha intellektual mulk huquqlarini jiddiy himoya qilish, halol raqobatni ta’minlash, yagona xalqaro standartlarni joriy etish va qo‘shma global ta’minot zanjirini rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishi kerak.

Birinchi Huawei Global tahlil sammiti 2004-yilda bo‘lib o‘tgan va o‘sha yildan beri har yili o‘tkazib kelinmoqda. Bu yil sammit 18-maydan 20-maygacha bo‘lib o‘tadi va uning doirasida bir qator parallel sessiyalar tashkil etilmoqda. Ishtirokchilar qatorida dunyoning turli burchaklaridan kelgan mutaxassislar bor bo‘lib, ular sanoat tendensiyalari, texnologiyalar va global hamkorlikni muhokama qilishmoqda va ushbu masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini o‘rtoqlashishmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi saytdan olishingiz mumkin: https://www.huawei.com/en/press-events/events/has2020

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют