» » Asl ismidan foydalanmaydigan jahon yulduzlari

Asl ismidan foydalanmaydigan jahon yulduzlari


AQSh va Yevropada dunyoga kelgan chaqaloq ko‘pincha bir nechta ism bilan nomlanadi. Bu turli an’analar va oilaviy qarashlar bilan bog‘liq. Ismning birinchisi asosiy hisoblanishiga qaramay, ayrimlar qatori mashhurlar ham ikkinchi ismdan foydalanishni yoki uni boshqa ism bilan atashlarini ma’qul biladi. Cosmopolitan nashri shunday yulduzlar ro‘yxatini taqdim qiladi.

Riz Uizerspun

Aktrisaning haqiqiy ismi Lora Jin Riz Uizerspun. Aslida Riz onasi Bettining qizlik familiyasi hisoblanadi. Aktrisa 14 yoshidan buyon Lora ismidan foydalanmaydi, shuning uchun hamma uni ikkinchi ismi bilan chaqiradi.

Pol Makkartni

Mashhur The Beatles guruhining gitarachilaridan biri bo‘lgan Pol Makkartnining haqiqiy ismi Jeyms Pol. Ijrochi otasining ismi Jeyms bo‘lgan, keyinroq o‘g‘lini ham shunday atagan, lekin nima uchundir yoshligidan uning o‘zi ushbu ismdan foydalanishni istamagan.

Eshton Kutcher

Aktyor tug‘ilganida uni Kristofer Eshton deb ism qo‘yilgan, lekin 19 yoshida modellik faoliyatini boshlaganidan keyin o‘zini Eshton Kutcher deb atashlarini istagan.

Bryus Uillis

G‘arbiy Germaniyada dunyoga kelgan aktyorni Uolter Bryus deb atashgan, do‘stlari esa Bruno deb chaqirgan. Ammo kino olamiga qadam qo‘yganidan keyin o‘z ismini o‘zgartirishga qaror qilgan.

Dreyk

Reperning to‘liq ismi ko‘pchilikka noma’lum. Muxlislari va atrofdagilar uning ikkinchi ismini biladi xolos. Aslida qo‘shiqchining to‘liq ismi Obri Dreyk Grem.

Dakota Fenning

Aktrisa dunyoga kelganida uning otasi Dakota, onasi bo‘lsa Hanna deb atashni istagan. Ism qo‘yish borasida onasining fikri inobatga olinganiga qaramay, bugungi kunda uni ham Dakota deb chaqiradi.

Megan Markl

Shahzoda Garrining rafiqasi dunyoga kelganida Reychel Megan Markl deb atalgan. Shunga qaramay malika aktrisalik faoliyatini boshlaganidan buyon birinchi ismidan foydalanmaydi.

Jud Lou

Britaniyalik mashhur aktyorning asl ismi Devid Jud Heyvort Lou. The Beatles guruhining Hey Jude qo‘shig‘i taqdim qilinganidan keyin uni Jud deb atay boshlashgan.

Bred Pitt

Gollivud yulduzining to‘liq ismi Uilyam Bredli Pitt. Uilyam ismi unga otasi Uilyam Alvin Pittdan meros. Bugungi kunda aktyor birinchi ismdan foydalanmaydi va hamma uni Bred deb biladi.

Runi Mara

“Joker” filmi qahramoni Xoakin Feniks rafiqasining to‘liq ismi —? Patrisha Runi Mara. Aktrisa onasining qizlik familiyasidan ism sifatida foydalanadi.

Shon Konneri

Jeyms Bond ijrochilaridan biri sifatida yaxshi ma’lum bo‘lgan aktyorning to‘liq ismi Jeyms Shon Konneri. Aktyor buvasi sharafiga Jeyms deb atalganiga qaramay, maktabni bitirganidan keyin ushbu ismdan foydalanmaslikni afzal bilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют