» » Sport kayfiyatni ko‘taradimi?

Sport kayfiyatni ko‘taradimi?


Sport nafaqat qomatni yaxshilaydi, balki hayotdan lazzatlanish darajasini oshirish bilan bizning ruhiy sog‘lig‘imizni ham mustahkamlaydi. Lekin uning bunday ijobiy ta’sirining aniq sababi nimada?

Odamlar — juda qarama-qarshi mavjudotlar hisoblanadi. O‘zimizni yaxshi his qilishimiz uchun bizga avval stress kerak bo‘ladi. Mashq qilishni boshlaganingizdan so‘ng, organizm og‘irliklardan stress holatiga tushadi va miyaning neyrotrofik omili deb ataluvchi oqsil ajratib chiqaradi. Bu zarar uchun kompensatsiya sifatida miyani ko‘proq  endorfin (quvonch gormonlari) ishlab chiqarishga majbur qiladi.

Kam uxlash ko‘plab, semizlikdan tortib saratongacha bo‘lgan kasalliklar xavfini tug‘diradi. Uyqu sifatini yaxshilash uchun kunduzgi vaqtlarda to‘liq harakatda bo‘lish talab qilinadi.

Qancha ko‘p energiya sarflasang, shuncha ko‘piga ega bo‘lasan. Jismoniy harakat organizm hujayralarining energiya darajasini oshiruvchi kislorod va ozuqaviy elementlar bilan boyitadi.

O‘z qomatingizdan norozimisiz? Sport zalida siz ham jismoniy va ham ruhiy jihatdan o‘zgarasiz. Jismoniy mashqlar natijasida endorfinlarning chiqishi fikrlaringizga ham ta’sir qiladi: o‘z tanangizga bo‘lgan munosabatingiz yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Manba: Men’s Health

Опубликовано: admin (19-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют