» » Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasi 3 davlat vakillari tomonidan muhokama qilindi

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasi 3 davlat vakillari tomonidan muhokama qilindi


20-may kuni O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev, Qirg‘iziston transport va yo‘l vaziri Janat Beyshenov, Xitoy Xalq Respublikasining islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasining chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjen Chiping boshchiligida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston transport vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn uchrashuvda O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelgusi amaliy choralar muhokama qilindi.

Xususan, ushbu loyiha yuzasidan tomonlar taqdim etilgan temiryo‘l qurilishi marshrutlari bo‘yicha yagona to‘xtamga kelish, loyihalash va qurilish ishlarida qo‘llanilayotgan texnik standartlar, loyihani moliyalashtirish manbalari va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Videoanjumanda Elyor G‘aniyev pandemiya sharoitida davlat chegaralari orqali temiryo‘l transportida yuklarni tashish dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganini ta’kidlagan.

“Sanitariya-epidemiologiya standartlari shartlariga muvofiq deyarli barcha transport turlarida yuk tashuvlariga cheklovlar qo‘yilmoqda. Karantin choralari tufayli davlatlarimiz o‘rtasida avtomobilda yuk tashuvlari cheklangan holda amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar fonida eng xavfsiz, ishonchli transport vositasi esa temiryo‘l bo‘lib qolmoqda. Aynan shu jihatning o‘zi ham mazkur loyihani hayotga tezroq tatbiq etish zarurligi ko‘rsatmoqda”, – degan Elyor G‘aniyev.

Uchrashuvda Xitoy va Qirg‘iziston tomoni mazkur temiryo‘l liniyasi o‘tishi mumkin bo‘lgan hududlar bo‘yicha bergan takliflari muhokama qilingan. Tomonlar taqdim etilgan temiryo‘l qurilishi marshrutlari bo‘yicha yagona to‘xtamga kelish, har bir yo‘nalish bo‘yicha loyihaning texnik va iqtisodiy jihatlarini yana bir karra ko‘rib chiqishga va kelasi haftada xuddi shu formatda uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan.

2019-yil noyabr oyida Rossiya Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi uchun 3 million dollar ajratgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Rossiyadan beshta elektrovoz sotib oladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют