» » Ngolo Kante koronavirus sabab “Chelsi” mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Ngolo Kante koronavirus sabab “Chelsi” mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi


“Chelsi” yarim himoyachisi Ngolo Kante jamoviy mashg‘ulotlarda ishtirok etmaslikka qaror qildi.

Koronavirus sabab to‘xtab qolgan mavsum qayta boshlanishi oldidan 29 yoshli futbolchi xavotirga tushmoqda. 19-may kuni “Chelsi” futbolchilari masofa saqlagan holda kichik guruhlarga bo‘linib mashg‘ulot olib borgan.

The Telegraph nashrining xabar qilishicha, Kante ehtiyot choralari kuchaytirilganiga qaramasdan o‘z sog‘lig‘idan xavotir olmoqda. Klub Kantega 20-may kungi mashg‘ulotda ishtirok etmaslikka ruxsat berdi va uning pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kante ham boshqa futbolchilar singari koronavirusga test topshirgandi. Unda infeksiya aniqlanmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют