» » Koronavirus aniqlangani sabab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali yopildi

Koronavirus aniqlangani sabab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali yopildi


Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali xodimlarida koronavirus aniqlanganligi sababli filial 19-may kunidan boshlab vaqtincha yopilgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasini nafaqat filial xodimlari, balki bemorlar ham yuqtirgan. Shu bois dezinfeksiya ishlari amalga oshirilayotganligi sababli qolgan 67 nafar bemor Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga o‘tkazilgan.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lumot berishicha, filial o‘z faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilgunga qadar bemorlar boshqarma tomonidan belgilangan shifoxonalarda qabul qilinadi.

Shahar aholisi orasida koronavirus yuqtirgan bemor bilan birlamchi kontaktda bo‘lgan fuqarolar viloyat kardiologiya dispanseri va viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida karantinga olingan.

Viloyat epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining xulosasiga ko‘ra, kirib-chiqish to‘xtatilgan Toyloq tumanida ham 18-maydan boshlab karantin qoidalari yumshatilgan. Biroq tumandagi 7 ta mahallada kuchaytirilgan karantin qoidalari saqlab qolinib, transport vositalarining harakati cheklangan. Shuningdek, 18-maydan boshlab Samarqand shahridagi 22 ta mahallada ham karantin qoidalari kuchaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov qaysi mahallalarda koronavirus aniqlangani haqida ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют