» » UFC’ning navbatdagi musobaqasi sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi

UFC’ning navbatdagi musobaqasi sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi


UFC prezidenti Deyna Uayt promoushenning keyingi musobaqasi 30-may kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Nevada shtati atletika qo‘mitasi shtat hududida sport musobaqalarini o‘tkazishga hali ruxsat bergani yo‘q. Biroq Uaytning so‘zlariga ko‘ra, komissiya Las-Vegasda tomoshabinlarsiz musobaqa o‘tkazish fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq UFC bir hafta ichida uchta musobaqa tashkil qilgan edi: UFC 249 kechasi 10-may kuni (Toshkent vaqti bilan) bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, 14-mayda UFC Fight Night 171 va 17-may kuni UFC Fight Night 172 musobaqalari o‘tkazildi. Ularning barchasiga Jeksonvill shahri (Florida shtati, AQSh) mezbonlik qildi.

30-may kungi UFC kechasida sobiq chempion Tayron Vudli va Gilbert Byorns o‘rtasida jang bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют