» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 7 mingdan, Afg‘onistonda esa 8 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 7 mingdan, Afg‘onistonda esa 8 ming kishidan oshdi


O‘tgan bir sutka ichida Qozog‘istonning 15 ta hududida koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 265 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.

Kasallikka chalingan yangi bemorlar orasida bir yoshga to‘lmagan ikki nafar bola va Rossiyadan kelgan bir necha fuqaro bor. Hozirga qadar mamlakatda koronavirusga chalingan 3734 bemor sog‘aygan bo‘lsa, 35 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Kasallar soni viloyatlar kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda:

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq o‘lim darajasi nima sababdan past ekanligiga izoh berildi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 43 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, mamlakatdagi jami kasallar soni 1313 kishiga yetdi. Bu haqda respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Kasallikka chalinish bo‘yicha yangi holatlarning 23 tasi Bishkekda aniqlangan — ulardan biri yaqinda Sankt-Peterburgdan qaytib kelgan. Shuningdek, Norin viloyatida — 8, O‘sh shahrida — 5, O‘sh viloyatida — 4, Batken viloyatida — 2, Chuy viloyatida esa 1 kishida COVID-19 aniqlangan.

Kasallarning olti nafari — yuk mashina haydovchilari, 12 nafari — Rossiyadan kelganlar, xususan, “Yuk 200”ga hamrohlik qilib kelganlar. Norin viloyatida esa Yer resurslari davlat agentligining olti nafar xodimida, uch nafar IIV xodimida virus aniqlangan. Bundan tashqari, yana 14 holat Onkologiya milliy markazidagi shifokorlar, hamshiralar va ota-onalarda qayd etilgan.

Hozirga qadar Qirg‘izistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning 929 nafari sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi, 14 bemor virus qurboniga aylandi.

Avvalroq Bishkekda karantin cheklovlari sabab to‘xtab qolgan jamoat transporti harakati 25-maydan tiklanishi haqida xabar berilgandi.

Tojikistonda 20-may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 2140 kishiga yetdi, o‘tgan bir sutka ichida 204 kishida kasallik aniqlangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mamlakatda 3532 kishi shifokorlar nazorati ostida qolmoqda, bir sutka davomida 595 kishi sog‘aygan. Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 41 kishi virus oqibatida vafot etgan.

Afg‘onistonda esa yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 8 ming kishidan oshib ketdi, hozirga qadar 187 kishi virus qurboniga aylangan.

20-may holatiga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Afg‘onistonda yana 492 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, mamlakatdagi jami kasallar soni 8145 kishiga yetgan. Hozirga qadar kamida 930 kishi koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 21-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2950 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro butunlay sog‘aydi, 565 nafar bemor davolanmoqda. Qayd etishlaricha, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют