» » 20-aprel kuni kechasi Yer orbitasi yaqinidan yorqin asteroid uchib o‘tadi

20-aprel kuni kechasi Yer orbitasi yaqinidan yorqin asteroid uchib o‘tadi


Kengligi deyarli yarim kilometr keladigan JO25 asteroidi Yerga yaqinlashmoqda, deb xabar berdi “Interfaks”.

Asteroid 20-aprel kechasi Yerdan 1,8 million kilometr masofa uzoqlikda uchib o‘tadi (bu taxminan Yer hamda Oy orasidagi masofaning beshtasiga teng).

Bu so‘nggi 400 yilda shu turdagi kosmik jismning Yerga maksimal yaqinlashishi hisoblanadi, deb ma’lum qildi NASA agentligi. Shu bilan birga NASA’ning ta’kidlashicha, bundan kichikroq bo‘lgan kosmik jismlar bundan-da yaqinroq masofada tez-tez Yer atrofidan uchib o‘tadi.

JO25 asteroidi Yerdagi hayot uchun xavf tug‘diradigan kosmik obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, sayyoraga jiddiy tahdid solmaydi. Mutaxassislarning aytishicha, agarda bu turdagi asteroid Yer bilan to‘qnashadigan bo‘lsa, hatto okeanga tushgan taqdirida ham mintaqalardan biri butunlay yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi.

Asteroid rekord tezlikda uchadi — soniyasiga 33 kilometr soat bilan, bu soatiga 120 ming kilometr demakdir. Britaniya teleradiouzatish korporatsiyasining ma’lum qilishicha, asteroid Yerga yaqinlashganida undagi yorqin yuza qatlam sabab unchalik katta bo‘lmagan teleskop bilan ham kuzatish imkoni bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют