» » Xitoyda bir sutkada 33, Janubiy Koreyada esa 12 kishida koronavirus qayd etildi

Xitoyda bir sutkada 33, Janubiy Koreyada esa 12 kishida koronavirus qayd etildi


Xitoyda so‘nggi bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 2 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 31 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib. Bemorlarning 5 nafari sog‘aygan. Vafot etish holati qayd etilmagan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 82 967 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 78 249 nafari sog‘aygan, 4 634 nafar bemor vafot etgan. Hozirda kasalxonalarda 84 kishi davolanmoqda.

Shuningdek, yana 31 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda bunday kishilarning yana 375 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Uxan shahri ma’muriyati yovvoyi hayvonlarni boqish, pishirib sotish va yeyishni taqiqlab qo‘ydi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutkada 12 kishi koronavirusga chalinib, qayd etilgan kasallanishlarning umumiy soni 11 122 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi kasallanishlarning 10 tasi mahalliy — Xitoy hududining o‘zidan, qolgan 2 tasi esa chetdan yuqtirilgan.

Shuningdek, so‘nggi sutkada 69 kishi kasallikdan tuzalib, sog‘ayganlarning umumiy soni 10 135 nafarga yetgan. Vafot etganlarning soni esa 264 kishini tashkil qilmoqda.

Mamlakatdagi bitiruvchi sinf o‘quvchilari 20-maydan boshlab onlayn ta’limdan so‘ng maktablarga o‘qishga qaytgan. Biroq birinchi kundanoq ayrim shaharlarda koronavirusga chalinish holatlari qayd etilgan. Shu sababli aksariyat maktablardagi o‘quvchilar yana uyga qaytarilgan. Ikki o‘quvchi koronavirus yuqtirib olgan Inchxon shahrida hukumat voyaga yetmaganlarning barchasiga karaoke-klublarga borishni taqiqlab qo‘ydi. Karaoke xonalari esa barcha fuqarolar uchun butunlay yopildi.

Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2-mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yonin shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan. Klublardagi boshqa shaharlardan dam olgani kelgan bir qator shaxslar ham virus yuqtirib olgan. Ayni paytda klub bilan bog‘liq holda kasallik yuqtirganlar soni 201 nafarga yetgan.

Mavzuga doir: Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют