» » JSST dunyoda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishidan ogohlantirdi

JSST dunyoda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishidan ogohlantirdi


Butun dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasining birinchi to‘lqinidan keyin ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.

“Bu mamlakatlar bir-biri bilan hamjihatlikda yugurishi kerak bo‘lgan sprint. Virus har bir mamlakatda bor”, — deydi tashkilot vakili.

Vuynovichning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya dunyoning har bir burchagiga yetib bormaguniga qadar uni aniqlab bo‘lmaydi. JSST vakilining aytishicha, Rossiya pandemiyaning mamlakat ichida tarqalishini oldini olish uchun barcha chora-tadbirlarni qabul qilgan va kuchli epidemiologiya xizmati o‘z vaqtida kerakli qadamlarni tashlashga muvaffaq bo‘lgan.

Shunga qaramay koronavirusga chalinish xavfi hamon saqlanib qolmoqda.

Avvalroq Vuynovich Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalish tezligi pasaygani mamlakat “barqarorlashuv fazasi”ga o‘tganini bildirishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: JSST koronavirus oqibatida yuzaga keladigan o‘lim darajasini yakuniy baholash shartlarini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 20-may holatiga ko‘ra, bir sutka ichida butun dunyoda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 106 mingta holat qayd etilib, kasallanishlar soni bo‘yicha antirekord yangilangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют