» » O‘zbekistonda 22-maydan sayilgoh, muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 22-maydan sayilgoh, muzey va san’at galereyalari faoliyatiga ruxsat beriladi


O‘zbekistonda aholiga qulaylik yaratish maqsadida 22-mayidan boshlab ochiq sayilgoh, muzey, san’at galereyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq “sariq” va “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda ruxsat beriladi.

“O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno”, — deyiladi Respublika maxsus komissiyasi axborotida.

Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarn tana xaroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar ikki metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlarini oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют