» » Turkish Airlines 10-iyundan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi

Turkish Airlines 10-iyundan xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi


Turkish Airlines aviakompaniyasi iyun oyida mahalliy va xalqaro reyslarni tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sabah nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mahalliy aviaqatnovlar 4-iyundan, xalqaro aviaqatnovlar esa 10-iyundan tiklanadi.

Kompaniya direktorlar kengashi rahbari Ilkar Oyjining ta’kidlashicha, yo‘lovchilarga samolyot saloniga qo‘l yuki olib kirish taqiqlanadi. Bu turdagi yuk uchun mo‘ljallangan 8 kilogramm asosiy bagaj og‘irligiga qo‘shiladi. Salonga faqat qo‘l sumkalarini olib kirishga ruxsat beriladi.

Avvalroq Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 20-maydan boshlab dunyoning 31 mamlakati, xususan, O‘zbekistondan bo‘lgan tibbiyot turistlari uchun o‘z chegaralarini ochishini ma’lum qilgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlarida qayd etilishicha, 21-may holatiga ko‘ra, Turkiyada 152 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 4 222 kishi kasallikdan vafot etgan.

Mavzuga doir: Turkiyada pandemiyadan so‘ng mehmonxonalar shvedcha stoldan voz kechishi haqidagi xabarlar rad etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют