» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshib ketdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshib ketdi


Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5 million kishidan oshib ketdi. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Kasallarning aksariyati — 1,5 milliondan ortig‘i AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Ikkinchi o‘rinda esa 308 ming bemor bilan Rossiya joylashgan. Uchinchi o‘rinni 290 mingdan ortiq bemor bilan Braziliya egallab turibdi.

Hozirga qadar dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 328 ming kishidan oshdi. COVID-19 qurbonlarining 93 mingdan ortig‘i AQSh hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim holati bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinni mos ravishda Buyuk Britaniya (35 mingdan ortiq) va Italiya (32 mingdan ortiq) egallagan.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan qariyb 1,9 million kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Rossiyada bugungi kunga qadar koronavirus oqibatida 3 mingdan ortiq odam vafot etdi, 85 mingdan ortiq bemor sog‘aydi.

O‘zbekistonda 21-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2950 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi, hozirda 565 nafar bemor davolanmoqda.

Avvalroq JSST dunyoda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishidan ogohlantirgan edi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, 20-may holatiga ko‘ra, bir sutka ichida butun dunyoda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 106 mingta holat qayd etilib, kasallanishlar soni bo‘yicha antirekord yangilangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют