» » Milliarder Alisher Usmonov Andijonda mingta oilaga 2,5 mln so‘mdan moliyaviy ko‘mak berdi

Milliarder Alisher Usmonov Andijonda mingta oilaga 2,5 mln so‘mdan moliyaviy ko‘mak berdi


Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen Alisher Usmonov Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 1000 tasiga jami 2,5 milliard so‘mlik moliyaviy yordam berdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Marhamat tuman hokimligining ma’lum qilishicha, “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida ishchi guruhlar tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasiga ko‘ra tumandagi 48 ta mahallada yashovchi 1000 ta oila ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan. Milliarder Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan 2,5 milliard so‘m mablag‘ “O‘zmilliybank” aksiyadorlik jamiyati Marhamat filiali tomonidan plastik kartalarga o‘tkazilib, 20-may, chorshanba kuni tuman hokimligi vakillari hamda IIB hamkorligida o‘z egalariga yetkazib berilgan.

“Bugungi sinovli kunlarda ko‘rsatilayotgan yordam biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Savobli ishni tashkil etgan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, — deydi fuqaro Qimmatxon Dehqonova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sardoba toshqinidan jabrlanganlarga Alisher Usmonov nomidan 15 million dollar xayriya qilingani xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют