» » Sergelida yarim tunda Matiz urib yuborgan 68 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi

Sergelida yarim tunda Matiz urib yuborgan 68 yoshli erkak shifoxonada vafot etdi


Toshkent shahrining Sergeli tumanida 20-may kuni yarim tunda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 00:05 larda THAY ko‘chasida joylashgan “Mustang” AYoQSh qarshisida yuz bergan. 1997-yilda tug‘ilgan M.M. ismli yigit boshqaruvidagi Matiz yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 1952-yilda tug‘ilgan piyoda N.P.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida 68 yoshli erkak og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO va FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda bir hafta ichida sodir bo‘lgan YTHlarda kamida 15 kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют