» » “O‘zbekiston Qozog‘istonga ziyon yetkazmaslik uchun barcha choralarni ko‘rdi”. Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sardobadagi falokat haqida

“O‘zbekiston Qozog‘istonga ziyon yetkazmaslik uchun barcha choralarni ko‘rdi”. Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sardobadagi falokat haqida


O‘zbekiston haqiqatan ham Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida toshgan suv Qozog‘istonga yetib bormasligini ma’lum qilgan. Bu haqda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

May oyining boshida Qozog‘iston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirining o‘rinbosari Sergey Gromov O‘zbekiston tomoni “bir tomchi suv ham Qozog‘istonga o‘tmasligini” ta’kidlagani haqida gapirgan edi.

“1-may kuni suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari bilan gaplashdim. U vazirning topshirig‘iga ko‘ra, ‘to‘g‘on yorildi, biroq sizlar xavotir olmanglar, Qozog‘iston tomoniga bir tomchi ham suv o‘tmaydi’ dedi. Biz shunga qaramay kerakli choralarni ko‘rib qo‘ydik”, — degandi Gromov.

Vohidjon Ahmadjonovning so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘on yorilganining dastlabki daqiqalarida Qozog‘iston O‘zbekistonda bu borada ma’lumot so‘ragan. Bunga javoban o‘zbek tomoni sodir bo‘lgan voqeaning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, suv ombori berkitilishi, suv oqimi esa xavfsiz joyga yo‘naltirilishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston biz tomonga bir tomchi suv ham oqmayotganini aytgandi”. Turkiston viloyati hokimi o‘rinbosari Qozog‘istondagi yana bir qishloqni suv bosgani haqida

“Bu dastlabki ma’lumot edi. Har qanday ofatning ko‘lamini favqulodda aniqlash qiyin. Birinchidan, suv toshqinidan so‘ng voqea joyiga yetib borish imkoni yo‘q yoki yaxshilab o‘rganib, vaziyatga to‘laqonli baho bera olmaysiz. Dastlabki hisob-kitoblarda hech kim suv omboridan bu qadar ko‘p suv oqib ketishini kutmagan edi. Shundan kelib chiqib, rostan ham Qozog‘iston tomoniga suv ombori zudlik bilan yopilishi va suv oqimi boshqa tomonga yo‘naltirilishi aytilgandi”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari texnogen avariya ko‘lami va uning oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmasligini bildirgan.

“Qozog‘iston tomonidan so‘rov bo‘lgach, dastlabki daqiqalarda rostan ham shunaqa javob bo‘ldi. Suv ularga yetib bormasligi va ziyon yetkazmasligi uchun barcha choralar ko‘rilayotgani aytildi”, — deya tasdiqlaydi Ahmadjonov.

1-may kuni O‘zbekiston FVV falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimi Jizzax viloyatidagi Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilganini ma’lum qilgandi. Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ushbu chora suv toshqinining oldini olishga yordam bermagan.

“Ushbu hududda ortiqcha suvni chiqarib yuborishga mo‘ljallangan asosiy arteriya — Janubiy Mirzacho‘l magistral kanali. Relyefga ko‘ra, kollektor eng quyi nuqtada qurilgan. Barcha suv shu yerdan chiqarib yuboriladi. Biroq har bir kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyati bor. Ushbu kanalda esa soniyasiga 120 metr kub. O‘sha kuni suv oqimining tezligi 300 metr kubga yetdi, ya’ni kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan 2-3 barobarga ko‘p”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Vohidjon Ahmadjonovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Qozog‘istonda zarar yetmasligi uchun barcha choralarni ko‘rgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni erta tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onlaridan biri yorilib ketgan edi. Viloyatdagi bir necha qishloq, shu jumladan, Qozog‘iston janubidagi hudud suv ostida qoldi. Ikki mamlakatda umumiy hisobda 120 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozog‘istonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar ko‘rgani, O‘zbekiston hukumati mazkur ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют