» » O‘zbekistonda birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi

O‘zbekistonda birlamchi bozordan uy sotib olganda to‘lanadigan 5 foizlik stavka bekor bo‘ldi


“ ‘Davlat boji to‘g‘risida’gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mulk sotib olinganda mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdordagi davlat bojining alohida stavkasi chiqarib tashlandi.

21-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiska qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi hujjatni imzolagan edi. Prezident farmoniga muvofiq bundan buyon ishdan bo‘shatilgan va Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga qo‘yilish yuzasidan maxsus ro‘yxat asosida propiskaga qo‘yilgan xodimning propiskasi “kuyib ketmaydi”.

Mavzuga doir: Senatorlar propiska tizimiga kiritiladigan o‘zgarishlarni ma’qulladi

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida hukumat 1-aprelga qadar propiska tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют