» » Shavkat Mirziyoyev: Maskalarni yechishga hali hech kim ruxsat bergani yo‘q

Shavkat Mirziyoyev: Maskalarni yechishga hali hech kim ruxsat bergani yo‘q


O‘zbekistonliklar karantin normalariga rioya etgan holda yashashni va ishlashni o‘rganishi kerak, bu faqat foydaga xizmat qiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Yana bir marta qaytaraman — karantin davrida yashash va ishlashga o‘rganishimiz kerak. Karantin normalariga rioya etish kerak, maskalarni yechishga hali hech kim ruxsat bergani yo‘q. Jamoat transporti faoliyatiga ruxsat bermayapmiz. Hali xavf-xatar juda katta”, — dedi davlat rahbari.

“Davlat choralarni ko‘rmasa, natija bo‘lmaydi — mana shuni hamma bilishi kerak. Karantin normalariga rioya etib, iqtisodiyotni tiklash kerak degan vazifa qo‘yilyapti. Bu sharoitda yashashni ham, ishlashni ham o‘rganishimiz kerak. Bu faqat bizga foyda bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda karantin tartibi bosqichma-bosqich yumshatib borilmoqda. Xususan, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hududlar “yashil”, “sariq” va “qizil”ga ajratib chiqilgan. “Sariq” hududlarda, jumladan, soat 06:00 dan 22:00 ga qadar, “yashil” hududlarda esa xohlagan vaqtda shaxsiy avtomobildan maxsus stikersiz foydalanish mumkin. Ayni vaqtda Prezident karantin hali tugamaganini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-maydagi videoselektor yig‘ilishida o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad solig‘idan ozod qilinishi e’lon qilingan edi. Bundan tashqari, Prezident tadbirkorlarning mulk huquqi masalasida hokimlarga ogohlantirish berib, Markaziy bankga kreditlash shartlarini soddalashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют