» » Farruh Soipov islomiy filmga taklif bo‘lgani, ammo bu filmda ham rol ijro qilmasligining sabablarini tushuntirdi (video)

Farruh Soipov islomiy filmga taklif bo‘lgani, ammo bu filmda ham rol ijro qilmasligining sabablarini tushuntirdi (video)


Bir qancha filmlardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan, ammo bugungi kunda kino olamidan butunlay voz kechgan aktyor Farruh Soipov “Daryo” uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Farruh Soipov suhbat davomida islomiy filmga taklif bo‘lgani, ammo bu filmda ham rol ijro qilmasligining sabablarini tushuntirib berdi.

Menga bu haqida taklif qilishgan edi. Endi kino sanoatiga yaqinlashishni xohlamayman, nafaqat rol o‘ynash, balki umuman yaqinlashishni xohlamayman. Sababi bu nihoyatda xavfli bo‘lgan narsa, nihoyatda xavfli. Chunki kino sanoati yolg‘on narsa, u yerda rol o‘ynayotgan odam xuddiki munofiq odamga o‘xshaydi. Munofiq o‘zi kim desa, munofiq ichida boshqa odam, tashqarisida boshqa odam degani. Aktyorlar ham xuddi shunday, aktyor bo‘lgan odam hayotda, umuman, boshqa odam, ekranda esa boshqa odam. Shuning uchun bu ikkiyuzlamachilik qoralangan narsa.

Aynan solih kishi rolini o‘ynaganingiz bilan, siz u kishi emassiz-ku, Imom al-Buxoriyni o‘ynaganingiz bilan Buxoriy emassiz, Termiziyni o‘ynaganingiz bilan Termiziy emassiz-ku, to‘g‘rimi. Bu yolg‘on, balki o‘sha zotlarning sha’niga tuhmat bo‘lib qolishi ham mumkin. Chunki kinoni ichida yurgan odam biladi, baribir kinoda yolg‘on aralashadi. Haqiqat 100 foiz chiqmaydi baribir. Buxoriyning yoki Termiziyning yuzi unaqa bo‘lmagan-ku, unday bo‘lmagandan keyin odamlar har qachon Buxoriyni eslagan vaqtda o‘sha aktyorni ko‘z oldiga keltirishni boshlaydi.

Vaholanki, u aktyor ko‘chada ichib, chekib yuradigan odam bo‘lishi mumkin. Bu narsa bizning tasavvurimizdagi suratlarga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkin. Masalan, Abu Bakr yoki Umar Raziollohu anhu haqida filmlar chiqdi, har bir hadis eshitganingizda xayolingizga shu aktyorlar keladi. Vaholanki, Abu Bakrni o‘ynagan aktyor birozdan keyin narkobaronni o‘ynamoqda. Ya’ni aytmoqchimanki, ichida juda ham ko‘p ziyon narsa bor, ayrimlarini aytib o‘tdim.

Bugungi kunda zamon o‘zgardi, da’vatga boshqacha yondashish kerak, bu ham bir da’vat-ku, odamlar shundan ta’sirlanib keyin kelishi mumkin deydigan bo‘lsa, biz aytamizki payg‘ambarimizning davat usullari eskirdi, demoqchimisiz, deymiz. Chunki payg‘ambarimizning da’vat usullari eskirmadi, bu oxiratgacha eskirmaydigan da’vat usuli. Ochiqchasiga odamlarni to‘g‘ri yo‘lga amru ma’ruf qilishlik va munkar narsalardan qaytarishlik ochiq-oydin bo‘lgan narsa, bunga aynan boshqa odamni rolini o‘ynab chaqirishga ehtiyoj yo‘q.

Farruh Soipov

Ma’lumot uchun, Farruh Soipov “Kelgindi kelin”, “Kelgindi kuyov”, “Panoh”, “Qalbim o‘g‘risi”, “Sotqin”, “Nafs”, “Sug‘diyona”, “Feride”, “Oshiqlar” filmlarida suratga tushgan.

Mavzuga doir: Kinodan butunlay voz kechgan Farruh Soipov nima bilan tirikchilik qilayotganini ma’lum qildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют