» » Shavkat Mirziyoyev Andijonda yiliga 11 mln dona tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan yangi to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Andijonda yiliga 11 mln dona tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan yangi to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi (foto)


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Andijon shahridagi “VBM Tekstil Grup” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, korxona binosi qariyb 13 yil qarovsiz yotgan. Bino tadbirkorga “nol” qiymatda berilgach, vaziyat tamomila o‘zgardi. 6,5 million dollar mablag‘ evaziga qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, AQSh, Italiya, Yaponiyadan tikuvchilik va matoga ishlov berish dastgohlari keltirib o‘rnatildi.

Ta’kidlanishicha, zamonaviy qiyofa kasb etgan korxona o‘n kun avval faoliyat boshlagan. Bu yerda yiliga o‘rtacha 11 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi.

MDH mamlakatlari bilan shartnomalar imzolangan bo‘lib, yiliga 27 million dollarlik mahsulot eksport qilish mo‘ljallangan. Bu geografiyani kengaytirish maqsadida Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Korxonada 1200 nafar ayol ish bilan ta’minlandi. Davlat rahbari ular bilan suhbatlashdi.

“Avvalambor, sizlarni yaqinlashib kelayotgan ulug‘ ayyom bilan tabriklayman. Bu fabrika andijonliklarga o‘ziga xos tuhfa bo‘libdi. Biz uchun har bir ish o‘rni muhim. Bu yerda shuncha xotin-qiz ishli bo‘lganidan juda xursandman. Tadbirkorlarimiz jahon bozorlariga chiqmoqda. Bu — dunyoqarash o‘zgarishi, imkoniyatlar natijasi”, — dedi Prezident.

Mutasaddilarga paxta tolasini qayta ishlashni chuqurlashtirib, qo‘shilgan qiymat yaratish, korxonalarga qo‘shimcha investitsiyalar yo‘naltirib, ishlab chiqarishning to‘liq siklini o‘zlashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qayd etilishicha, ilgari viloyatda yetishtirilgan paxta faqat xomashyo sifatida sotilardi. Bundan daromad 100 million dollarga ham yetmasdi. Endilikda qayta ishlash rivojlanayotgani natijasida joriy yilda qariyb 440 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. 2021-yilda bu ko‘rsatkichni 527 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

“VBM Tekstil Grup” tomonidan Andijonda tikuvchilik va jinsi ishlab chiqarish, mato to‘qish va bo‘yash korxonalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Shu yerda 2020—2021-yillar mobaynida viloyatda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijonda g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют