» » Sardobada qoraqalpoq quruvchilari suvsiz qolib ketgan, ayrim qurilish obyektlarida esa elektr bo‘lmagan. Muammolar DXX aralashuvi bilan hal qilindi

Sardobada qoraqalpoq quruvchilari suvsiz qolib ketgan, ayrim qurilish obyektlarida esa elektr bo‘lmagan. Muammolar DXX aralashuvi bilan hal qilindi


Davlat xafsizlik xizmatining bir guruh xodimlari Sardoba falokati yuz bergan 1-maydan beri Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv va boshqa tashkiliy ishlarida qatnashmoqda.

Jumladan, Mirzaobod tumanida toshqindan zarar ko‘rib, keyinchalik qaytib kelgan 160 fuqaro bilan bog‘liq oziq-ovqat muammosi yuzaga kelgani aniqlanib, tuman hokimligi bilan hamkorlikda sakkiz turdagi oziq-ovqat mahsulotlari kechiktirilmasdan tarqatilgan.

Mavzuga doir: Sirdaryoga Xalq qabulxonalari tomonidan “Saxovat karvon”lari muntazam jo‘natilmoqda

Bundan tashqari, Sardoba tumanining “Yurtdosh” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 50 ta xonadonda yashovchilar ishchi guruhga ichimlik suvi yetkazib berilmayotganligi haqida murojaat qilgan. Ushbu muammo tuman “Suvoqava” boshqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda tezda imkoniyat darajasida ijobiy hal etilgan.

“Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.Sharipova “Bahoriston” mahallasiga evakuatsiya qilingan 126 nafar mahalladoshiga 11-maydan buyon oziq-ovqat mahsulotlari berilmayotgani, ularga dori vositalari ham zarurligini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Fotogalereya: Sardoba falokati oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha harbiylar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

“Tez orada tuman hokimligi vakillarini jalb qilgan holda ushbu kamchilik ham bartaraf etildi”, — deyiladi DXX axborotida.

DXX xodimlarining tashabbusi bilan Sirdaryoga Farg‘onadan 1000 juft, Andijondan 5000 juft, Toshkent viloyatidan 4000 juft oyoq kiyim va 1000 juft rezina etik olib kelinib, Mirzaobod tumanidagi “Navbahor”, “Haqiqat”, Sardoba tumanidagi “Shodlik” va “Saxovat” mahallalarida yashovchi fuqarolarga bepul tarqatilgan.

Mavzuga doir: Bosh prokuratura: “Sardoba falokati yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha 4 ta tergov versiyasi ko‘rib chiqilmoqda”

Sardoba tumani “Do‘stlik” mahallasidagi 2-maktabga joylashtirilgan qoraqalpog‘istonlik 1080 quruvchi ichimlik suvi yetarli bo‘lmagani sabab suvni do‘kondan sotib olayotgani aniqlanib, muammo tezlik bilan joyida hal etilgan — Oqoltin TB va “O‘zbekiston temiryo‘llari” imkoniyatlari orqali 25 tonna ichimlik suvi yetkazib berilgan.

Shuningdek, qurilish ishlari olib borilayotgan obyektlarda elektr energiyasi ta’minlanmaganligi aniqlanib, DXX xodimlari tomonidan tuman hokimligi orqali dvijok o‘rnatilib, masala o‘z yechimini topgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют