» » Milliarder Alisher Usmonov Namanganda 5 ming oilaga 12,5 mlrd so‘mlik moliyaviy ko‘mak berdi

Milliarder Alisher Usmonov Namanganda 5 ming oilaga 12,5 mlrd so‘mlik moliyaviy ko‘mak berdi


Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Namangan viloyatidagi qariyb 5 ming oilaga jami 12,5 milliard so‘mlik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida Namangan shahridagi 3000, Chust tumanidagi 1000, Namangan tumanidagi 997 ta xonadon yo‘qlangan. O‘rganishlar davomida yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan.

Milliarder tomonidan ajratilgan mablag‘ Milliy bank plastik kartalariga o‘tkazilib, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, sektor vakillari va bank xodimlari tomonidan mazkur oilalar vakillariga yetkazib berilgan.

Jumladan, Namangan shahridagi “G‘ishtko‘prik” mahallasida 30 ta oilaga ichida 2,5 million so‘m mablag‘i bo‘lgan plastik kartalar tarqatilgan. Birgina shu mahallaga ko‘rsatilgan yordamning umumiy summasi 75 million so‘mni tashkil etgan.

“Turmush o‘rtog‘im ancha yillar oldin vafot etgan, uch qiz bilan qolganman. Kattasini uzatdim, kichiklari 18 va 14 yoshda. Oshxonada ishlardim, karantin sababli u yer ham vaqtinchaga yopildi. Shunday qiyin paytda bu yordam bizning oila uchun ayni muddao bo‘ldi. Muborak oyda, Hayit bayrami arafasida bunga qo‘l urganlarni duo qilamiz”, — deydi ushbu mahallada yashovchi O‘g‘ilxon To‘raboyeva.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют