» » Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida qurilgan 7 va 16 qavatli yangi uylarni borib ko‘rdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida qurilgan 7 va 16 qavatli yangi uylarni borib ko‘rdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi davomida Andijon shahrida qurilgan 20 ta 7 qavatli, ikkita 16 qavatli yangi uyni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari bundan roppa-rosa ikki yil muqaddam — 2018-yil 20-may kuni Andijon shahridagi yangi uy-joylarni ko‘rgan edi. Mazkur hududda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, qo‘shimcha turar joylar qurish bo‘yicha topshiriq bergandi. Shu asosida shaharda 20 ta 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uy barpo etildi.

Prezident ushbu mavzeni borib ko‘rdi. Xonadonlardan birida bo‘lib, oila bilan suhbatlashdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijonda yiliga 11 mln dona tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan yangi to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi (foto)

Ma’lum qilinishicha, uylar jahon standartlari asosida yaxlit temirbetondan zilzila bardosh qilib qurilgan. Binoning tashqi devorlari energotejamkor bazalt materiali bilan qoplangan. Internet tarmog‘i, videokuzatuv uskunalari o‘rnatilgan. Jihozlash ishlari mart oyida yakunlanib, aholiga tayyor holda topshirildi.

Mazkur uylar hovlisida dam olish va sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, avtoturargoh barpo etilgan.

“Ma’lumki, Andijon aholi zichligi eng yuqori hududlardan biri. Bu yangi uylarda shuncha maydondagi boshqa loyihalarga nisbatan 2 barobar ko‘p xonadonlar joylashgani mahalliy sharoit uchun juda muhim. Shu bois xonadonlarning narxi ham hamyonbop”, — deyiladi xabarda.

Aholini turar joylar bilan ta’minlashni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

“Kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini — uy-joy. Odamlarning boshpanasi bo‘lsa, o‘zi harakat qilib, ro‘zg‘orini oyoqqa qo‘yib oladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tumanlardagi aholi zich joylarga ham kommunikatsiya olib borib, barcha sharoitlarga ega ko‘p qavatli uylar qurish, zamonaviy qishloqlar bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijonda g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют