» » Sardobadagi toshqin oqibatida o‘lgan uy hayvonlari soni 6 mingga yaqinlashdi

Sardobadagi toshqin oqibatida o‘lgan uy hayvonlari soni 6 mingga yaqinlashdi


Sardoba falokati oqibatlarini bartaraf etish ishlari doirasida olib borilgan qidiruv ishlari vaqtida katta va kichik shoxli 5 160 bosh uy hayvoni tirik holda, 5 940 bosh uy hayvoni esa o‘lik holda topilgan. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Tirik qolgan chorva mollari har bir tumanda belgilangan joylarga yig‘ilib, 5 154 tasi tanib olish dalolatnomasi va tilxatlar asosida o‘z egalariga qaytarilgan.

Nobud bo‘lgan chorva mollari esa Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlari bilan hamkorlikda dezinfeksiya qilib ko‘milgan.

Avvalroq falokat oqibatida 31 719 ta uy hayvoni (13 685 ta yirik va mayda shoxli qoramol, ot, 17 752 ta parranda va 282 ta boshqa) yo‘qolgani, 5 859 ta hayvon o‘lik holda topilgani, 4 mingdan ortiq uy hayvoni egalariga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют