» » Noto’g‘ri reklama tufayli Beeline Uzbekistan’ga qarshi ish qo‘zg‘atildi. Kompaniya 750 ming nafar abonentga zararni qoplab berishi kerak

Noto’g‘ri reklama tufayli Beeline Uzbekistan’ga qarshi ish qo‘zg‘atildi. Kompaniya 750 ming nafar abonentga zararni qoplab berishi kerak


Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi Beeline Uzbekistan mobil operatori tomonidan “G‘olib bo‘l va yutib ol!” aksiyasi bo‘yicha soxta reklama orqali iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot berganligi uchun “ViaMobi” MChJga qarshi ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, abonentlarga “Sizning telefon raqamingiz 100 000 000 so‘mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! SMS orqali 3 sonini  6767 ga yuboring! Xizmatga obuna bo‘lish narxi kuniga 1999 so‘m” mazmundagi SMS-xabar yuborilgan.

“ViaMobi” mazkur aksiyada ishtirok etishga e’tiborni jalb qilish uchun tanlangan abonentlar guruhiga SMS-xabar yuborilganligini tan olgan. Biroq matnni moslashtirish (tarjima qilish) jarayonidagi xato tufayli SMS-xabarlarning ma’nosi o‘zgarib ketgan.

Oqibatda “Siz g‘olib bo‘lishingiz mumkin” o‘rniga “Sizning telefon raqamingiz 100 000 000 so‘mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi” degan SMS yuborilgan.

Ushbu reklama aksiyasida 749 ming iste’molchi ishtirok etgan bo‘lib, kompaniya undan 1 milliard so‘m daromad olgan.

Shu munosabat bilan “ViaMobi” MChJ tomonidan taqdim etilgan reklama beruvchiga nisbatan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlarni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atilgan.

“ ‘Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida’gi qonunga ko‘ra, noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu aksiya ishtirokchilari noto‘g‘ri reklama natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi yuzasidan agentlik va “ViaMobi” MChJga murojaat qilishlari lozimligi ta’kidlangan.

Mavzuga doir: Beeline nima sababdan 91 nafar xodimi karantinga olinganiga izoh berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют