» » Xitoylik ota-ona 30 yil avval yo‘qolgan o‘g‘lini yuzni tanish texnologiyasi yordamida topib oldi

Xitoylik ota-ona 30 yil avval yo‘qolgan o‘g‘lini yuzni tanish texnologiyasi yordamida topib oldi


Xitoyda yashovchi er-xotin 30 yil avval yo‘qolgan o‘g‘lini topdi. Bolani kichkinaligida o‘g‘irlab ketishgan, uni topishga yuzni tanish texnologiyasi yordam berdi. Oila tarixi BBC nashrida e’lon qilindi.

1986-yilning 23-fevralida Sian shahrida yashovchi Mao Chjenszin va uning rafiqasi Szinchji Lining oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bolaga Mao In deb ism qo‘yildi.

1988-yilning oktabr oyida ota va bola bog‘chadan qaytayotgandi. Shunda bola otasidan suv olib berishni so‘radi. Ota va bola mehmonxonaga kiraverishda to‘xtadi, erkak bir daqiqaga o‘girilganida bola yo‘qolgan edi.

Bolani bir necha yil mobaynida izlashdi. Uning onasi ishdan bo‘shab, o‘zini o‘g‘lini izlashga baxshida etdi. Ayol bir necha hududlarni kezib chiqdi, o‘g‘lining rasmi yopishtirilgan e’lonlar tayyorladi. Biroq hammasi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.

O‘tgan vaqt ichida politsiya ham bolani izlashda davom etdi. Aprel oyi boshida politsiyaga 34 yoshli erkak haqidagi ma’lumot kelib tushdi. Uni Sichuanda yashovchi er-xotin bir necha yil avval asrab olgan.

Politsiyachilar erkakni topishda yuzni tanish texnologiyasi yordam berganini so‘zlab berdi.

Kichkina Mao Inning surati maxsus dastur yordamida keksaytirildi. So‘ng surat milliy ma’lumotlar bazasida uning yoshidagi erkaklarning surati bilan solishtirildi.

Qarindoshlik aloqasini aniqlash uchun erkak va bolasini izlayotgan ota o‘rtasida DNK testi o‘tkazildi. Natija ularning ota va bola ekanligini ko‘rsatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bolani ko‘p yillar avval farzandsiz oilaga olti ming yuan evaziga sotishgan. Uni asrab olgan ota-onasi bolaga Gu Ninnin deb ism qo‘ygan.

Erkakning haqiqiy onasiga uning topilganini Xitoyda onalar kuni nisonlanadigan 10-may kuni aytishdi. “Bu hayotimdagi eng yaxshi sovg‘a”, — deydi ayol.

Xitoyda bolalarni o‘g‘irlash muammosi anchadan beri bor. BBC’ning 2015-yilgi ma’lumotlarga tayanib yozishicha, mamlakatda o‘rta hisobda yiliga 20 ming nafar bola o‘g‘irlanadi.

Mavzuga doir: Koronavirus tufayli xitoylik erkakning xotirasi qaytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют