» » Sanchesdan Rabiogacha. A Seriyaning so‘nggi 2 yildagi eng omadsiz transferlaridan iborat ramziy terma jamoa

Sanchesdan Rabiogacha. A Seriyaning so‘nggi 2 yildagi eng omadsiz transferlaridan iborat ramziy terma jamoa


Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri A Seriyaning so‘nggi ikki yildagi eng omadsiz transferlaridan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Jamoa 4-3-3 sxemasida tuzib chiqildi va uning bahosi 221 million yevroni tashkil qildi. Transfer narxlari nashr tahlili asosida belgilangan.

Ramziy terma jamoadan “Napoli”, “Roma” va “Inter”ning ikki nafardan futbolchisi o‘rin oldi.

A Seriyaning so‘nggi ikki yildagi eng omadsiz xaridlaridan iborat terma jamoa:

Darvozabon: Aleks Meret, “Napoli” (SPALdan kelgan, 30 million yevroga baholangan);

Himoyachilar: Leonardo Spinatssola, “Roma” (“Yuventus”dan, 23,5 mln); Diyego Godin, “Inter” (“Atletiko”dan, 5 mln), Denis Vavro, “Latsio” (“Kopengagen”dan, 10 mln),  Antonio Barreka, “Jenoa” (“Nyukasl”, 10 mln);

Yarim himoyachilar: Lukas Paketa, “Milan” (“Flamengo”dan, 30 mln), Adriyen Rabio, “Yuventus” (“PSJdan, 20 mln), Xavyer Pastore, “Roma” (PSJdan, 10 mln);

Hujumchilar: Simone Verdi, “Torino” (“Napoli”dan, 20 mln), Aleksis Sanches, “Inter” (“Manchester Yunayted”dan, 27,5 mln), Irving Losano, “Napoli” (PSVdan, 35 mln).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют