» » Aygoqchi koprigidagi almashuv. Amerikalik razvedkachi Pauersning SSSRdagi sarguzashtlari haqida

Aygoqchi koprigidagi almashuv. Amerikalik razvedkachi Pauersning SSSRdagi sarguzashtlari haqida


May oyi tarixi siyosiy voqealarga boy. Shulardan biri Sovuq urush bilan bogliq.

1960-yilning 1-may kuni Sverdlovsk osmonida Sovet raketasi Amerika razvedka samolyotini urib tushirdi. Uchuvchi tirik qoldi va u AQSh razvedkasi xodimi ekanini tan oldi. Daryo Sovuq urushning eng mashhur josuslik epizodlaridan biri boshlangan davr haqida malumot beradi.

Markaziy razvedka boshqarmasining xodimi va koreys urushi faxriysi bolgan ottiz yoshli Frensis Pauers Pokistonning Peshovar shahridagi Amerika aviabazasidan SSSR tomon uchib ketmoqda. U eng songgi Lockheed U-2 samolyotidan foydalangan holda Sovet armiyasining faoliyati togrisida malumot toplaydigan Amerika razvedka dasturining azolaridan biri edi. 1-may kuni Pauers odatdagidek SSSR hududi boylab uchib, harbiy obyektlarni 21 km balandlikdan suratga olishi kerak edi.

Uning yoli sovetafgon chegarasi boylab Orol dengizi, Chelyabinsk, Kirov, Plesetsk, Murmansk shaharlari orqali davom etib, marshrut songida samolyot Norvegiyaga qonishi rejalashtirilgandi. Bu vaqtga kelib, uchuvchi bunday parvozlarni juda kop amalga oshirgandi. Oradan, taxminan, tort soatlar otib uning missiyasi toxtatildi. Samolyot katta balandlikda bolishiga qaramay, uni Sovet havo mudofaa tizimi payqab qoldi va urib tushirish uchun raketalarni yonaltirdi. Kop otmay halokatga uchragan samolyot oz bazasi bilan aloqasini yoqotib, yerga shongidi.

Men yuqoriga qaradim va atrofimda toq sariq nurni kordim. Avvaliga bu fonarning aksimi yoki butun osmon shundaymi, bilolmadim. Ozimga ozim yo Xudoyim, men tamom boldim, deganimni eslayman,deb aytgan ediPauers keyinroq.

Avvaliga AQSh razvedkasi ushbu voqea haqida hech qanday izoh bermadi. Ammo halokatdan bir necha kun otgach AQShning kosmik agentligi bolmish NASA Turkiyadan parvoz qilgan samolyot avval texnik muammolar tufayli adashib, songra halokatga uchragani haqida matbuot xabarini tarqatdi. Hatto ommaviy axborot vositalarida halokatga uchragan samolyot tasvirlangan fotosurat elon qilindi. Agentlikning sozlarini Amerika prezidenti Duayt Eyzenxauer ham takrorladi.

Ammo haqiqiy halokat va NASA bayonotidan bir hafta otgach, Sovet hukumati holat Markaziy razvedka boshqarmasi protokollarida korsatilganidek emasligini bayon qildi. Aslida, uchuvchi nafaqat olmagandi, balki maxfiy harbiy obyektlarning fotosuratlarini ham yoq qilishga ulgurmagan edi. Josus uchuvchini soroq qilish jarayonlaridan olingan lavhalar, uning buyumlari, harbiy obyektlar korsatilgan xaritalari va U-2 samolyotining parchalari Sovet televideniyesida juda kop namoyish etildi. Shundan song AQSh Pauersni razvedka xodimi deb tan olishga majbur boldi.

Pauers qolga olinishiga qadar Amerika razvedkasi Sovet Ittifoqi hududi boylab bir necha yil davomida muntazam ravishda uchib yurgan va ozi muhim harbiy inshootlar deb hisoblagan obyektlarni suratga olgan.

1950-yillarga kelib Sovuq urushning har ikki tomonida ham paranoyyalar osib bordi. On yillikning ortalarida esa Qoshma Shtatlarda yashovchi kommunistik kayfiyatdagilarga, Amerika rahbariyatini tanqid qilganlar va sotsialistik goyalarni maqullaganlarga qarshi keng kolamli siyosiy qatagonlar olib borildi. Ochiq televizion eshituvlarda madaniyat va siyosiy arboblar sud qilindi va kommunistik faoliyati uchun kasbiy faoliyatdan chetlashtirildi.

Josuslik mojarolari esa ushbu paranoyyaning yanada kopayishiga yordam berdi. 1957-yilda AQSh asosiy sovet josuslaridan biri Rudolf Abelni fosh etdi. Uni Amerika rasmiylariga ozining sobiq hamkori tutib bergan. Abel bir necha yillar davomida agentlar tarmogi orqali Amerikaning yadro sanoati togrisidagi malumotlarni toplagan. U josuslikda ayblanib, 32 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Shu bilan birga, AQSh harbiylari va razvedkachilari Sovet Ittifoqi hududida josuslik qilishning yangi usullarini ishlab chiqdi. Sovet havo mudofaasi tizimlari va tutqichlarining takomillashtirilgani sababli endi Amerika samolyotlari SSSR chegaralariga bemalol yaqinlasha olmas edi. Keyinroq esa zamonaviy radar tizimlari kuzata olmaydigan balandlikda, yani 19 kilometrdan baland uchadigan samolyotlar ishlab chiqarish taklif qilindi. Shunday qilib, U-2 samolyotlarini faol rivojlantirish dasturi boshlandi. 1955-yilga kelib amerikaliklar birinchi muvaffaqiyatli sinovlarini otkazdi va 1956-yildan Sovet bloki uzra parvozlar dasturini yolga qoydi.

Markaziy razvedka boshqarmasining hozirda omma uchun ochilgan maxfiy hujjatlariga kora, agar samolyot bilan biror-bir hodisa yuz bersa yoki uni sezib qolishadigan bolsa, u holda samolyotning yuqori balandlikdagi ob-havoni kuzatish uchun ishlatilganini bahona qilmoqchi bolishgan. Yuqorida aytib otganimiz va OAV larda suratlari paydo bolgan samolyot aynan osha reja asosida amalga oshirilgan manyovr edi. Ammo Pauersning yonidan topilgan hujjatlar AQShni noqulay ahvolga solib qoydi.

Parijda 1960-yilning may oyi ortalarida SSSR, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya rahbarlarining sammiti bolib otishi kerak edi. Uchrashuv garbiy va sharqiy bloklar ortasidagi keskinlikni kamaytirishga yordam berishi kutilayotgandi. Ammo Pauers voqeasi sababli ushbu tadbirning kun tartibi tubdan ozgarib ketdi.

Sovet Ittifoqi yetakchisi Nikita Xrushyov AQSh prezidenti Duayt Eyzenxauerdan uzr sorashni va SSSR boylab josuslik parvozlarini toxtatishni talab qildi.

Aks holda, AQSh prezidentiga yuborilgan Sovet Ittifoqiga tashrif buyurish taklifini qaytarib olishga vada berdi. Eyzenxauer hech qachon Sovet Ittifoqqa tashrif buyurmagan. Frensis Pauers sud jarayonini kutayotgan paytida Lubyankadagi KGBning ichki qamoqxonasida edi. Uchuvchi keyinroq eslashicha, uni kaltaklashmagan, ammo doimiy ravishda psixologik qiynoqlarga solishgan. Pauersning sozlariga kora, uni deyarli 30 kun davomida soroq qilishgan, soroq paytida uning kozlariga yorqin nurli projektor yoqib qoyilgan.

Pauers ustidan sud jarayoni u qolga olingandan bir necha oy otib 1960-yilning avgustida boshlandi. Sovet hukumati jarayonni ochiq otkazishga qaror qildi hamda Pauersning onasi va rafiqasiga Moskvaga uchib kelishga ruxsat berdi. Ayblovchi tomon sifatida shaxsan SSSR bosh prokurori Roman Rudenko taklif qilingan. Amerikalik josus uchuvchi ustidan otkazilayotgan ushbu sud jarayoni, nafaqat shaxsan Pauers tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning fosh qilinishini, balki xalqlarning tinchligi va xavfsizligiga qarshi dahshatli jinoyatlarning haqiqiy ilhomlantiruvchilari va tashkilotchilari bolgan AQSh hukmron doiralarining jinoiy tajovuzkor harakatlarini ham ochib beradi, degan edi Rudenko sud jarayonida.

Pauers josuslikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Hukmga kora, u dastlabki uch yilni Vladimir shahrida ota xavfli jinoyatchilar saqlanuvchi sobiq Vladimirskiy Sentral qamoqxonasida otkazishi kerak edi. Ammo uchuvchi qamoqda toliq muddat otamadi. Chunki bir necha oylar davom etgan muzokaralardan song 1962-yilning fevral oyida Frensis Pauers AQShda sudlangan sovet aygoqchisi Rudolf Abelga almashib olindi. Ushbu jarayon gollivudning mashhur Josuslar koprigi deb nomlangan filmida toliq oz aksini topgan.

Ammo Amerika Qoshma Shtatlarida jamoatchilik Pauersni yomon kutib oldi. Chunki AQShga kelgach uni hibsga olingani, samolyot aslida raketa hujumiga uchramagani, Pauersning ozi uni SSSR bilan oldindan til biriktirgan holda ixtiyoriy ravishda qondirgani haqida matbuotda xabarlar tarqab ulgurgan edi. Uchuvchi qaytib kelgach, Amerika maxfiy xizmatlari tomonidan soroqqa tutilib, unga qarshi ish qozgalgani rost. Ammo 1962-yil mart oyida barcha ayblovlar bekor qilinib, Pauers davlat mukofotlariga loyiq korildi.

Darvoqe ushbu voqea haqida 2015-yildaAygoqchi koprigi nomli film suratga olindi. Ushbu film tarixiy reallikni haqqoniy ochib bergani bilan diqqatga sazovor.

Frensis Pauers 48 yoshida 1977-yilning yozida Kaliforniyadagi keng kolamli ormon yonginlarini ochirish paytida halok boldi.Uning boshqaruvidagi vertolyotda yonilgi tugab, unga eng yaqin aerodromdan bir necha kilometr narida quladi. Uning olimi atrofida ham turli tuman konspirologik nazariyalar yuradi, haqiqatni esa oliy hakam bolgan vaqt korsatadi...

Nurbek Alimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (21-05-2020, 19:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 18) ( 3)
:
-
:
20 ... -