» » Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin. U Moskvadagi kasalxonaga yotqizildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkin. U Moskvadagi kasalxonaga yotqizildi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning koronavirusni yuqtirib olgani gumon qilinmoqda. U 20-may kuni Moskvadagi kasalxonaga olib borilgan. Bu haqda Baza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qodirov kasallikning dastlabki alomatlaridan bir necha kun oldin shikoyat qilishni boshlagan, biroq dastlab bu alomatlar o‘tkir respirator virusli infeksiya alomatlari sifatida qayd etilgan. Keyinroq uning ahvoli tezlik bilan yomonlasha boshlagan va shifokorlar unga Moskvadagi kasalxonaga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qodirovga o‘pka zararlanishi tashxisi qo‘yilgan, COVID-19 tashxisi esa hozircha gumon sifatida qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumatining to‘rt nafari a’zosi va prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirusga chalingan. O‘zining koronavirusga chalingani haqida birinchi bo‘lib 30-aprel kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qilgandi.  1-may kuni esa Rossiya qurilish vaziri Vladimir Yakushev va uning o‘rinbosari Dmitriy Volkovning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi. 6-may kuni esa Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimovaning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют