» » Turkmanistonda 61 nafar o‘zbekistonlik mahbus ozodlikka chiqarildi. Ular Yuqori Chiqchiqdagi karantin zonasiga joylashtirilgan

Turkmanistonda 61 nafar o‘zbekistonlik mahbus ozodlikka chiqarildi. Ular Yuqori Chiqchiqdagi karantin zonasiga joylashtirilgan


Turkmanistonda joylashgan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 61 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushbu mamlakatda e’lon qilingan amnistiya aktiga asosan ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ozod etilganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayol bo‘lib, 1 nafardan Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan, 2 nafari Buxoro, 3 nafari Toshkent, 5 nafari Qashqadaryo, 25 nafari Xorazm viloyati va 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolardir.

Ular karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali respublika hududiga kiritilib, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantinda saqlash joyiga joylashtirildi.

“Ular orasidan O‘zbekiston hududida qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxsning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolar. 2 nafar shaxs maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi — Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют