» » Gajiyev: Habibning otasiga Dog‘iston shifoxonasida 10 kun tayinli yordam berilmagan

Gajiyev: Habibning otasiga Dog‘iston shifoxonasida 10 kun tayinli yordam berilmagan


Fight Nights Global promouterlik kompaniyasi rahbari Komil Gajiyev yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedovning holati haqida gapirib o‘tdi.

“Dog‘iston koronavirusga qarshi turishga tayyor emas edi. Abdulmanap haqidagi xabarlarda Dog‘istondagi holat keng muhokama qilinmoqda. Unga kerakli tibbiy yordamni ko‘rsata olishmagan va bu shifokorlarning aybi emas.

Men kimnidir aybdor qilib ko‘rsatmoqchi emasman, shunchaki aytishim kerak, bizning hududda mazkur virusga e’tiborsizlik bilan qaraldi. Abdulmanap bilan kuzatilgan holat esa — mana shu ehtiyotsizliklarning asorati. U 10 kun shifoxonada yotdi, unga tayinli yordam ko‘rsatilmadi. Nima uchun? Balki, bu COVID-19 ekanini bilmaganliklari uchundir. Balki, kerakli dori-darmon bo‘lmagandir.

Menimcha, uning yuragidagi muammo sabab asoratlar og‘ir bo‘ldi va pnevmoniya paytida unda yurak xuruji yuz berdi — aniq tashxisni eslay olmayman. Biroq yuragida muammo kuzatildi. Shu sabab u mana shu holga tushib qoldi.

COVID-19 boshqa kasalligi bor odamga zarba berishi barchaga ma’lum. Abdulmanap bilan ham shunday bo‘ldi. Fikrimcha, u 10 kundan buyon og‘ir ahvolda yotibdi. Bir necha kun avval komadan chiqqani xabar qilindi, keyin bu ma’lumot rad etildi. Menga ma’lum bo‘lishicha, uni sun’iy nafas oldirish aparatiga ulab qo‘yishgan. Uning holatida yaxshi tomonga o‘zgarish yo‘q”, — deydi Gajiyev.

Avvalroq Nurmagomedovlarning kattasi Moskvadagi harbiy shifoxonada davolanayotgani xabar qilingandi. Koronavirus uning o‘pkasiga jiddiy shikast yetkazgan, shuningdek, Habibning ma’lum qilishicha, uning yuragi qayta operatsiya qilingan. Abdulmanap Nurmagomedovning holati o‘ta og‘irligi bir necha bor ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Putin koronavirusga chalingan Habib Nurmagomedovning otasiga eng yaxshi tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va’da qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 54) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют