» » Sardoba falokatidan so‘ng evakuatsiya qilinganlarning 22 ming nafari hali ham o‘z uylariga qaytmagan

Sardoba falokatidan so‘ng evakuatsiya qilinganlarning 22 ming nafari hali ham o‘z uylariga qaytmagan


Sirdaryodagi suv toshqini sabab Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridan evakuatsiya qilingan jami 89 ming 450 nafar aholining 66 ming 580 nafari yoki 74,4 foizi yashash manziliga qaytarilgan. 22 ming 870 nafar fuqaro evakuatsiya qilingan hududlarda qolmoqda.

Bu haqda AOKA huzuridagi brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Sirdaryodagi suv toshqini necha kishini o‘z oilasidan ajratib yuborgani ma’lum bo‘ldi

Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi suv toshqinidan talafot ko‘rgan hududlarda o‘tkazilayotgan xatlov tadbiri davomida jami 3 448 nafar fuqaroning fuqarolik pasportlari yo‘qligi aniqlangani, shundan 1116 nafar fuqaroning pasportlari topilib, o‘z egalariga qaytarilganini ham aytdi. 1349 nafar fuqaroga yangi biometrik pasportlar rasmiylashtirilgan, 983 nafar shaxsga fuqarolik pasportlari rasmiylashtirilish jarayonida. Ularning pasport olishlari uchun mablag‘lar davlat hisobidan qoplab berilishi rejalashtirilgani bildirildi.

Mavzuga doir: Sardobadagi falokatdan so‘ng suv ombori atrofidagi hududdan 90 mingga yaqin fuqaro evakuatsiya qilingan

Shuningdek, olib borilgan tadbirlarda 258 nafar fuqaroning transportga oid texnik hujjatlari talafot natijasida yo‘qolganligi ma’lum qilindi. 100 nafar fuqaroning haydovchilik guvohnomalari topilib o‘z egalariga qaytarilgan. Qolgan 158 nafar fuqaroga tegishli transport hujjatlarini rasmiylashtirish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi. Xususan, haydovchilik guvohnomalari mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” o‘quv sport texnik klublari bazasidan tekshirilib qisqa vaqt ichida qayta tiklab berilayotgani qo‘shimcha qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat xizmatlari agentligi Sardoba suv omborida ro‘y bergan avariya sabab evakuatsiya qilingan ko‘plab fuqarolarning yo‘qolgan hujjatlari dublikatlarini topshirayotgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют