» » Sardobadagi falokat oqibatida ilmiy izlanishlaridan ayrilgan qizga doktorlik unvoni berildi (video)

Sardobadagi falokat oqibatida ilmiy izlanishlaridan ayrilgan qizga doktorlik unvoni berildi (video)


Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tug‘ilgan yosh tadqiqotchi Kamola Abrorxonovaning onlayn doktorlik dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatiladigan “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Tadqiqotchi “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini innovatsion yondashuv asosida milliy ruhda tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2020-yil 1-may erta tongda Sardoba suv ombori o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan hodisada Kamola Abrorxonovaning oilasi ham katta talafot ko‘rgan. 15-may kuni Mirzaobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyevning jabrlangan aholi bilan bo‘lgan suhbatida Kamola ham o‘z fikr mulohazalari bilan qatnashgan edi. Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev istisno tarzida Kamolaga doktor unvonini berish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Ta’kidlanishicha, Kamola Abrorxonaga O‘zbekistonda birinchi bo‘lib onlayn tarzda o‘z dissertatsiyasini himoya qilgan.

Diplom topshirish marosimida fan doktorlari, professor va o‘qituvchilar so‘zga chiqib, K.Abrorxonovaning doktorlik ishini yuqori baholashdi. Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi Ahmadbek Yusupov doktorant Kamola Abrorxonovaga tantanali ravishda fan doktorligi diplomini topshirdi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Sardobadagi falokatda salkam 6 mingta turar joyga zarar yetgan. Sirdaryodagi toshqindan talafot ko‘rgan tumanlarda 50 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Avvalroq Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarida uylar O‘zbekistonning viloyatlari ko‘magi bilan qurilishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют