» » Markaziy bank davlat ulushi bor banklarni xususiylashtirish nima uchun zarurligini tushuntirdi

Markaziy bank davlat ulushi bor banklarni xususiylashtirish nima uchun zarurligini tushuntirdi


Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasini imzolagan, unda davlat ulushi bo‘lgan banklarni xususiylashtirish ko‘zda tutilgandi. Markaziy bank hozirgi kunda shundoq ham xususiy banklarning soni davlat banklarinikidan ko‘proq bo‘lishiga qaramay xususiylashtirishdan qanday zaruriyat borligini tushuntirdi.

Markaziy bankning qayd etishicha, xususiy banklar son jihatdan ko‘p bo‘lsa ham, ayni vaqtda xususiy banklarning (davlat ulushi ishtirok etmagan) bank xizmatlari bozoridagi ulushi bor yo‘g‘i 15 foizni tashkil etadi. Bank tizimida davlat ulushining yuqori miqdorda saqlab qolinishi ushbu tizimning umumiy rivojlanishiga hamda samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Davlat ishtirokidagi banklarning xalqaro moliya institutlari ko‘magida transformatsiya qilinishi va xorijiy strategik investorlarga sotilishi natijasida:

Shuning ta’kidlanishicha, xususiy banklar sonining ko‘payishi bank tizimida raqobat muhiti kuchayishiga xizmat qiladi.

“Istiqbolda xizmatlarning sifati yaxshilanadi, narxlari arzonlashadi, mahsulot va xizmatlarning yangi turlari paydo bo‘ladi, masofaviy bank xizmatlari ko‘lami kengayib boradi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 0,01 foizdan 100 foizgacha davlat ulushi bo‘lgan 1115 ta kompaniya to‘liq xususiylashtirilishi ko‘zda tutilgan Prezident qarori loyihasi e’lon qilingan, hujjat muhokamasi 12-mart kuni yakunlangandi.  Xususiylashtiriladigan kompaniyalar orasida bozorlar, futbol klublari, banklar ham bor edi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi department boshlig‘i Ismat Nusurov 13-mart kuni korxonalarning davlat tasarrufidan chiqarilishi masalasi bo‘yicha jurnalistlarga izoh berib, qaror har yili mahsulot bozori va konyunkturadagi o‘zgarishlardan kelib chiqqan holda qaytadan ko‘rib chiqilishi, bu yil davlat ishtiroki zarur korxonalarda keyingi yil holat o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlab, shu sababli  korxonalar ro‘yxati har yili qayta ko‘rib chiqilishini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют