» » “Manchester Yunayted”ning qarzi 480 mln yevroga yetdi

“Manchester Yunayted”ning qarzi 480 mln yevroga yetdi


Koronavirus tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab “Manchester Yunayted” klubining sof qarzi 2020-yilning dastlabki choragi uchun 429 million funtni (480 million yevro) tashkil etdi, deya xabar qilmoqda Manchester Evening News.

Klub hisobotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davri bilan (31-mart) taqqoslaganda “Manchester Yunayted”ning daromadi 123,7 million funtga (19%) pasaygan. Jamoaning Chempionlar Ligasida emas, Yevropa Ligasida ishtirok etayotgani tushum kamayishining sabablaridan biri hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, avvalroq jamoa 2020-yilda 580 million funt daromad qilishni prognoz qilgan, biroq koronavirus inqirozi sabab mazkur masala boshidan ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer Ligasida mavsum pandemiya sabab mart oyida to‘xtab qolgan. 19-may kunidan boshlab esa APL klublariga jamoaviy mashg‘ulotlarni boshlashga ruxsat etildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют