» » Shavkat Mirziyoyev Marhamat tumanida tashkil etilgan quyonchilik klasteri bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Marhamat tumanida tashkil etilgan quyonchilik klasteri bilan tanishdi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safari chog‘ida Marhamat tumanidagi “Vodiy hamkor agrofirmasi” tomonidan tashkil etilgan quyonchilik klasteri bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xаbar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir gektardan ziyod maydonda tashkil qilingan mazkur klaster 2020-yil 1-maydan ishga tushgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida qurilgan 7 va 16 qavatli yangi uylarni borib ko‘rdi (foto)

Kooperatsiya usulida 50 ta xonadonga quyonlar tarqatilib, ulardagi odamlar bandligi ta’minlandi. Shuningdek, quyon terisini oshlash va teridan telpak tikish sexida 20 ta ish joyi yaratiladi.

Korxonaga Kaliforniya, Yangi Zelandiya, flander, reks va velikan zotli 1000 bosh quyon olib kelingan bo‘lib, bir yil davomida ular soni 30 ming boshga yetishi kutilmoqda.

Quyonchilik klasteri tomonidan bir yilda jami uch milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish, 150 ming dollarlik mahsulotni esa eksport qilish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijonda yiliga 11 mln dona tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan yangi to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi (foto)

Shu yerda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik korxonalari salohiyati haqida ma’lumot berildi.

“Andijonda chorva kam, go‘sht boshqa joylardan olib kelinyapti. Quyon, parranda, baliq ko‘paytirilib, go‘shti iste’molga chiqarilsa, viloyatda go‘sht narxi tushadi. Kambag‘al oilalarga tarqatilib, klasterlar tomonidan qayta sotib olinsa, ularga daromad bo‘ladi. Iqtisodiy kompleks va sektor rahbarlari shu bilan shug‘ullanishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Viloyatda omixta yem ishlab chiqarishni ko‘paytirish, quyonchilikni bir million boshga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Andijonda g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha topshiriq berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют