» » Tramp Milliy xavfsizlik kengashiga Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni baholashni topshirdi

Tramp Milliy xavfsizlik kengashiga Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni baholashni topshirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashiga Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni baholashni topshirdi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Prezident Donald Milliy xavfsizlik kengashiga Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni sinchiklab o‘rganib chiqishni topshirdi. Kengash kelishuv shartlariga ko‘ra Eron bilan bog‘liq sanksiyalarning to‘xtatib qo‘yilishi Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligiga nechog‘li muvofiq kelishini baholashi lozim. Tahlillar yakunlanganidan so‘ng, AQSh ma’muriyati Kongress bilan bu masalada hamkorlikda ish olib borishga umid qilmoqda”, — deyiladi Tillersonning AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Pol Rayanga yo‘llangan maktubida. 

AQSh Davlat kotibi Tehron kelishuvning barcha shartlarini bajarayotgani, biroq “terrorchilikka homiylik qilayotgan yetakchi davlat bo‘lib qolayotgani”ni ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют