» » XOQ prezidenti: Tokio Olimpiadasini muxlislarsiz o‘tkazishni xohlamaymiz

XOQ prezidenti: Tokio Olimpiadasini muxlislarsiz o‘tkazishni xohlamaymiz


Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti (XOQ) Tomas Bax Tokio mezbonligidagi yozgi Olimpiada 2021-yilda o‘tkazilmay qolsa, bekor qilinishi sababini tushuntirdi.

XOQ va Tokio—2020 ijroqo‘mi mart oyida Olimpiada koronavirus sabab 2021-yilga qoldirilganini ma’lum qilgandi. Ijroqo‘m vakili Yoshiro Mori koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kelasi yilda ham nazoratga olinmay qolsa, Olimpiya o‘yinlari bekor qilinishini ma’lum qilgandi. Avvalroq Bax Olimpiadani 2021-yilning yozida o‘tkazish “so‘nggi variant” ekanini aytgandi.

“Ochig‘ini aytsam, buni tushunib turibman, chunki har safar ijroqo‘mga 3 yoki 5 ming kishini ishga yollab bo‘lmaydi. Har yili barcha sport taqvimini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Sportchilarda noaniqlik bo‘lishi kerak emas. Shu sabab yaponiyalik sheriklarimizning mazkur g‘oyasini tushunaman.

Olimpiadani tashkil qilish yo‘lida duch keladigan turli ssenariylarga tayyor bo‘limiz kerak. Bu sog‘liqni saqlash choralari bilan bog‘liq. Sportchilar va Olimpiadaning qolgan ishtirokchilarini karantinga olishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin”, — deydi Bax.

Shuningdek, XOQ rahbari Tokio Olimpiadasini tomoshabinlarsiz o‘tkazib bo‘lmasligini ta’kidladi.

“O‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tishini xohlamaymiz. Sababi Olimpiya ruhiyati ishqibozlar birdamligidan iborat. Butun dunyo muxlislari Olimpiya stadioniga jam bo‘ladi. Aynan shu Olimpiadani mukammal qiladi”, — deydi funksioner.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 21) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют