» » AQShda bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 23 mingdan ortiq yangi holat aniqlandi

AQShda bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 23 mingdan ortiq yangi holat aniqlandi


AQShda so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 23 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi, 1500 nafardan ortiq bemor vafot etgan. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutkada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha AQShda 23 285 ta yangi holat aniqlangan, bir kun avval esa bu ko‘rsatkich 20 260 kishini tashkil qilgan.

So‘nggi 24 soat ichida 1518 kishi koronavirus qurboniga aylangan, bir kun avval esa 1574 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Epidemiya boshlanganidan buyon AQShda koronavirus bilan 1 551 853 kishi kasallangan, 93 439 kishi kasallik oqibatida qurbon bo‘lgan. Kasallikdan tuzalganlar soni 294 ming kishidan oshgan.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Xitoy pandemiyaga qarshi kurash uchun 9 trillion dollar ajratishi kerakligini aytgandi. Tramp esa koronavirus sabab braziliyaliklarning AQShga kirishini taqiqlab qo‘yishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 5 mln kishidan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют