» » Saudiya Arabistoni muftiysining Hayit namozi bo‘yicha fatvosi e’lon qilindi

Saudiya Arabistoni muftiysining Hayit namozi bo‘yicha fatvosi e’lon qilindi


Saudiya Arabistoni ulamolari kengashi raisi va Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i muftiy Abdulaziz ash-Shayx koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan keyin bu yilgi Hayit namozini uyda o‘qishga ruxsat berish to‘g‘risida fatvo chiqardi. Bu haqda “Azon.uz” xabar bergan.

Fatvoga ko‘ra, Hayit namozi xutbasiz ado qilinadi. Namoz ikki rakat bo‘lib, unda oltita takbir bor.

Shuningdek, Saudiya muftiysi Abdulaziz ash-Shayx fitr sadaqa va zakotni munosib bo‘lgan odamlarga taqsimlab berish va Hayitni doimgidek xursandchilik bilan nishonlashi kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Ulamolar kengashining a’zosi shayx Abdul Salom Abdulloh Sulaymon Hayit namozini yolg‘iz o‘qimay, oila a’zolari bo‘lsa, ularning hamrohligida ado qilish mumkinligini fatvoda bildirib o‘tgan.

Shuningdek, olimlar Hayit namozining vaqti quyosh chiqqandan so‘ng 15-30 daqiqa o‘tishi kerakligini aytgan. Hayit namozining vaqti peshin namozidan oldin tugaydi.

Barcha mazhablarga ko‘ra, quyosh chiqayotgan vaqtda Hayit namozini o‘qish mumkin emas. Hayit namozi quyosh chiqqandan 15-30 daqiqa o‘tganidan keyin o‘qiladi, deyilgan xabarda.

Avval Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayitini nishonlash haqidagi qarorni imzolagani, unga ko‘ra, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 24-may kuni karantin talablariga amal qilgan holda nishonlanishi xabar qilingandi. Bir muddat ilgari Usmonxon Alimov internetda tarqalgan mish-mishlarga izoh berib, hayit namozi qay tarzda o‘qilishi borasida rasman xabar berilishini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют