» » Afrikada koronavirusga chalinganlar soni 95 ming kishidan oshdi

Afrikada koronavirusga chalinganlar soni 95 ming kishidan oshdi


Afrika qit’asida koronavirusga chalingan bemorlar soni 95 ming kishidan oshdi, qariyb uch ming kishi kasallik oqibatida vafot etdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan buyon Afrika qit’asida 95 332 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. COVID-19 bilan kasallangan kamida 2995 nafar bemor vafot etgan. 34 ming nafardan ortiq bemor kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Eng ko‘p kasallanish holatlari Janubiy Afrika Respublikasi (18 003), Misr (14 229), Jazoir (7542), Marokash (7133), Nigeriya (6677) va Ganada (6096) qayd etilgan.

Eng ko‘p o‘lim holatlari esa Misr (680 ta), Jazoir (568 ta) va Janubiy Afrika Respublikasida (339 ta) kuzatilgan.

Mavzuga doir: Ganada koronavirusga chalingan bir kishi baliq zavodining 533 nafar ishchisiga virus yuqtirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют