» » Shavkat Mirziyoyev Andijondagi “Zamonaviy qishloq” loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Andijondagi “Zamonaviy qishloq” loyihasi bilan tanishdi


Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safari chog‘ida “Zamonaviy qishloq” loyihasi taqdimoti bilan ham tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilgan.

Paxtaobod tumani Bo‘stonobod qishlog‘i hamda Qo‘rg‘ontepa tumani “Yangi hayot” mahallasi uchun ishlab chiqilgan dastlabki rejaga muvofiq, qishloq hududlarga zarur muhandislik kommunikatsiyalari tortilib, ko‘p qavatli uylar quriladi. Ular, avvalo, bir uyda ko‘pchilik bo‘lib yashayotgan oilalar, shuningdek, aholining muhtoj qatlamiga beriladi.

Shavkat Mirziyoyev bu borada Andijon tajribasini yaratish kerakligini ta’kidladi. Buning uchun alohida loyiha ishlab chiqish, “Zamonaviy qishloq”dagi uylarni boshqa turar joylarga nisbatan arzon qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, viloyatda kambag‘allikni qisqartirish, ipoteka kreditlari asosida yakka tartibdagi uylarni qurish-ta’mirlash loyihalari muhokama qilindi.

Avval Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida dastlab Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirgani va g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha topshiriq bergani, shuningdek, Prezidentning Andijonda yiliga 11 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan yangi to‘qimachilik korxonasi hamda Andijon shahrida qurilgan 7 va 16 qavatli yangi uylarni borib ko‘rgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют