» » O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Istanbulda vakolatxonasi ochiladi

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Istanbulda vakolatxonasi ochiladi


“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida vakolatxonasini ochish to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Turkiyaning Istanbul shahrida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasini ochish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.

Vakolatxonani tashkil etish, jihozlash va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Keyinchalik ushbu mablag‘lar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston TIV bilan hamkorlikda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi uchun alohida hisob-raqam ochish masalasini hal qiladi. Bir hafta muddatda vakolatxonaning tashkiliy tuzilmasi hamda shtatlar jadvali tasdiqlanadi.

Vakolatxonaning tegishli lavozimlariga mutaxassislarni ishga qabul qilish TIV bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

TIV, shuningdek, vakolatxona xodimlari o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vazifa va vakolatlarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari uchun tegishli davlatlar hududida diplomatik maqomga ega xodimlar sifatida akkreditatsiyadan o‘tishini ta’minlaydi.

Hujjat loyihasi muhokamasi 4-iyunga qadar davom etadi.

Mavzuga doir: Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga 600 dan ortiq ish o‘rinlari taklif qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют