» » Toshkentdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi

Toshkentdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi


Toshkentdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini yakunladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, markaz faoliyati davomida (1-apreldan 20-may kunigacha) ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan jami 84 636 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 65 431 tasi “1197” yagona call-markaz raqamiga, 16 747 tasi mahallalar tavsiyasiga ko‘ra, 2458 ta murojaat esa ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan.

Ularga 40 xildagi 941 tonna 570 kilogramm, 148 769 litr, 166 274 qadoq jami 11,6 milliard so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, 137,9 million so‘mlik 3201 turli xil dori vositalari yordam tariqasida tarqatilgan.

Eslatib o‘tamiz, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari davomida koronavirusning tarqalish xavfi yuqori deb topilgani sababli 1-aprel kuni Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan yakka tartibda xayriya tadbirlarini o‘tkazish vaqtincha taqiqlanib, uning o‘rniga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi tashkil qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют