» » Rossiyaning eng boy merosxo‘rlari reytingida Iskandar Mahmudovning o‘g‘li 9 mlrd dollar bilan 3-o‘rinni egalladi

Rossiyaning eng boy merosxo‘rlari reytingida Iskandar Mahmudovning o‘g‘li 9 mlrd dollar bilan 3-o‘rinni egalladi


Forbes har yili tuzadigan Rossiya milliarderlari eng boy merosxo‘rlarining navbatdagi reytingini taqdim etdi. 2020-yilgi reytingda har bir bolaga kamida 2,25 milliard dollardan to‘g‘ri keluvchi 20 ta oila o‘rin olgan.

Birinchi o‘rinni “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovning yagona o‘g‘li Yusuf egalladi. Unga 18 milliard dollarga teng meros to‘g‘ri keladi. Otasining so‘zlariga ko‘ra, Yusuf hech qachon “Lukoyl”ga rahbarlik qilmaydi. 2018-yilda kompaniyani butunlay tark etib, o‘z biznesi — Plan B energiya ichimliklarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishni boshladi. 2019-yilning sentabr oyida esa u ikkinchi biznes — reklama bilan shug‘ullanuvchi “Raqamli texnologiya” kompaniyasini yo‘lgan qo‘ydi.

Ikkinchi o‘rinni “Novatek” va “Sibur” kompaniyalarining asosiy egasi Leonid Mixelsonning qizi Viktoriya va 2015-yilda tug‘ilgan o‘g‘li egallagan bo‘lib, Forbes uning ismini oshkor etmagan. Ularning har biri 10,1 milliard dollar mablag‘ga mersoxo‘rlik qiladi. Viktoriya Mixelson Nyu-York universitetini bitirgan va o‘zini san’at sohasiga bag‘ishlagan.

Uchinchi o‘rinni UGMK (Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi) asosiy aksiyadori buxorolik Iskandar Mahmudovning o‘g‘li Jahongir egalladi. U 9 milliard dollarlik boylikning merosxo‘ri hisoblanadi. Jahongir Mahmudov London iqtisodiyot maktabi va Hult biznes-maktabini tugatgan bo‘lib, 2012-yildan beri otasi bilan ishlaydi.

Rossiyaning eng boy merosxo‘rlari beshligidan, shuningdek, “Yevroxim” va SUEK egasi bo‘lgan ikki bolali Andrey Melnichenkoning (har bir bola uchun 7 milliard dollar) va NLMK rahbarining uch nafar farzandi (har biri 6,7 milliard dollar) o‘rin oldi.

Reyting tuzishda Forbes har bir milliarderning boyligini turmush o‘rtoqlar ulushlarini hisobga olmagan holda farzandlarining soniga qarab taqsimlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют