» » Eronda COVID-19’dan tuzalganlar soni 100 ming nafardan oshdi. Mamlakatda 10 mingga yaqin tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangan

Eronda COVID-19’dan tuzalganlar soni 100 ming nafardan oshdi. Mamlakatda 10 mingga yaqin tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangan


Eronda 129 ming nafar kasallangan odam orasida 100 ming nafari COVID-19’dan tuzaldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Kianush Jahonpur xabar qilgan.

“Oxirgi bir sutka ichida Eronda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlarning soni 100 minglik dovondan o‘tdi va 19-fevraldan beri jami 100 564 kishi COVID-19’dan sog‘aygan”, — degan Jahonpur IRINN telekanali efirida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan beri kasallanish holatlarining soni 129 341 taga yetgan (bir sutka ichida 2392 nafarga ko‘paygan), kasallik tufayli vafot etganlar esa 7249 nafarni (24 soat davomida 66 bemor hayotdan ko‘z yumgan) tashkil qilmoqda.

So‘nggi kunlarda Eronda kasallanish holatlarining soni 2 mingdan pastga tushmay kelmoqda, may oyi boshida koronavirusga chalingalar soni mart—aprel oylaridagi ko‘rsatkichlardan ancha pasaygandi.

2-mayda 802 kishi kasallangani ma’lum qilingan, biroq keyingi kunlarda bu boradagi raqamlar ham yuqoriga qarab harakatlana boshlagan. Antirekord, ya’ni eng ko‘p kasallanish holati 30-martda kuzatilgan — bir sutka ichida 3186 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgandi.

Eron sog‘liqni saqlash vaziri Said Namakiy ham Ramazon Hayiti sabab kasallanish holatlari yana keskin ko‘payishidan xavotirda ekanini bildirgan va aholiga sayohatlarga chiqmaslikni tavsiya qilgandi.

Eronda kasallanish holatlari hukumat tomonidan karantin cheklovlari yumshatila boshlaganidan so‘ng yana orta boshlagan. Koronavirus tarqalish xavfi past bo‘lgan mamlakatning “oq” hududlarida masjidlar ochilgan. Bunda ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga amal qilinadi.

COVID-19’ning o‘chog‘i bo‘lgan Tehronda ko‘chada sayr qiladigan fuqarolar soni ko‘paygan, bozor rastalari va do‘konlar ochilgan, yoyma bozorlar faoliyatini boshlagan, lekin shunga qaramay ommaviy sport va madaniyat tadbirlarining o‘tkazilishiga hali ruxsat berilmagan, restoran va kafelar yopiq, ular, asosan, buyurtmani yetkazib berish xizmatlarini amalga oshirmoqda.

Mavzuga doir: 

Eronda 10 ming nafarga yaqin sog‘liqni saqlash tizimida ishlovchi tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan, ayrimlar infeksiya oqibatida vafot etgan. Bu haqda Eron sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosati Qosim Jon Boboyi ma’lum qildi.

“Koronavirusga chalinishning ehtimoli tibbiyot sohasi vakillarida nisbatan yuqori, biroq ular kasallik bilan kurashda jasorat namoyish qilmoqda. Shunga qaramay 10 mingga yaqin nafar tibbiyot xodimi COVID-19’ga chalingan, ayrimlar infeksiya asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan”, — deyiladi vazirlik rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotda.

Vazir o‘rinbosari kasallangan shifokorlarning qanchasi koronavirusdan vafot etgani, ularning qachon va qay tarzda kasallikni yuqtirib olgani hamda COVID-19’dan tuzalgan shifokorlar soniga aniqlik kiritmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют