» » “Juda to‘g‘ri yo‘lni tanlagansizlar. Bu — serqirra va istiqbolli soha”. Shavkat Mirziyoyev Digital City texnoparkidagi yoshlar bilan suhbat qurdi

“Juda to‘g‘ri yo‘lni tanlagansizlar. Bu — serqirra va istiqbolli soha”. Shavkat Mirziyoyev Digital City texnoparkidagi yoshlar bilan suhbat qurdi


Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida Digital City nomli texnopark bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

5,6 gektar maydonda qurib bitkazilgan ushbu majmua axborot texnologiyalari va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Bu yerga tumanlardan 328 mutaxassis jalb etilgan.

“Juda to‘g‘ri yo‘lni tanlagansizlar. Bu — serqirra va istiqbolli soha. Sizlar boshqalardan 10-15 yil oldin yurishlaringiz kerak. Eng dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha dasturiy mahsulotlar yaratib, xalqimizga va xorijliklarga qulay xizmatlar ko‘rsatib, ham oilangizga, ham jamiyatimizga naf keltirishingiz mumkin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Texnoparkda mahalliy yoshlar, tadbirkorlar, yangi hunar o‘rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun keng qulayliklar yaratilgan. Jumladan, kovorking markazi, data-sentr, konferens-zal, kutubxona, innovatsion laboratoriya va o‘quv xonalari, biznes inkubator, media markaz, kibersport xonasi tashkil etilgan.

Tumanlarda axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich o‘quv kurslari bo‘ladi. Ulardan tanlab olingan yoshlar Digital City’da intensiv ravishda ingliz tiliga o‘qitilib, IT xizmatlar ko‘rsatishga tayyorlanadi. Texnoparkdagi 76 nafar tinglovchiga mo‘ljallangan zalda yil mobaynida 2 mingdan ortiq kishini o‘qitish mumkin.

Majmuada yotoqxona va oshxona tashkil etib, sharoitlarni yanada yaxshilash, bunday texnoparklarni O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ochish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu yerda yoshlar bandligini ta’minlash, maktab bitiruvchilarini frilans bozoriga tayyorlash borasidagi ishlar yuzasidan axborot berildi.

Prezident texnoparkda mutasaddilarga oliy o‘quv yurtiga kirolmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va layoqatini o‘rganib, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Avval Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi doirasida dastlab Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirgani va g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha topshiriq bergani, shuningdek, Prezidentning Andijonda yiliga 11 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan yangi to‘qimachilik korxonasi, va Andijon shahrida qurilgan 7 va 16 qavatli yangi uylarni borib ko‘rgani, shuningdek Andijondagi “Zamonaviy qishloq” loyihasi bilan tanishgani xususida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют